Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


-mavzu: Mulohaza. Xulosa chiqarish


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
falsafa

 
12-mavzu: Mulohaza. Xulosa chiqarish
Reja: 
1. Mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari
2. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari
3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari
4. Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: induksiya va deduksiya, analogiya; 
ularning o‘zaro aloqadorligi  
 
HUKMpredmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini 
ifodalovchi tafakkur shaklidir
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi 
munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi 
fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi 


32 
xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. 
Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida turli abstraktsiyalar 
hosil qilamiz. Bu abstraktsiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani 
uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan 
bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq 
bilimlar ifodalanadi. 
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida 
bilim ifoda qilingan bo’ldi
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) 
bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlarchin, mos kelmaganlari 
xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq 
hukmlar mavjuddir. 
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadiHukmmantiqiy kategoriya bo’lsagapgrammatik 
kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq 
yoki inkor holda bo’ladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling