Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


MEHNATNING estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
falsafa

MEHNATNING estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda 
ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–
foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida 
mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv 
jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O’zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi–ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo’lgan yangicha 
tuyg’uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag’batlantirish, odamlarda mulkka 
egalik xissiyotini tarbiyalash o’z navbatida mehnatga bo’lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, 
odamlarda ko’p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo’lgan rag’bat tarbiyasi insonni bir 
tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni
odamning o’z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik 
tuyg’ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq turmush darajasining o’sishiga olib keladi. Mehnatga 
bo’lgan yangicha munosabat o’zining ana shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning 
muhim vositasi bo’lib sanaladi. 
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli 
va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni 
nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang mavzulardagi ko’rsatuvlar 


39 
badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani 
maqsadli yo’naltirishda, insonlar tafakkurida go’zallikka bo’lgan yangicha munosabatni shakllantirishda 
salmoqli ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling