Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning axloqiy madaniyati
SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong orqali jamiyat
madaniyatini idrok etish darajasi; axloq talablari inson xatti-harakatlari jamiyatning 37 shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim va san’at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi. Shaxsning axloqiy madaniyati murakkab dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi. Shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirishdan maqsad-an’anaviy va ijodiy elementlarning optimal uyg‘unligiga erishish, shaxsning aniq bir tajribasini jamoatchilik axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. Shaxsning axloqiy madaniyati - elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, etik fikrlash madaniyati (axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, etik bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlariga axloqiy me’yorlarni qo‘llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi. O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga” qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda xatti-harakat me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni, muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini oladi. Xulosa qilib aytganda, shaxsning axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy tamoyillarni bilish, ularni chuqur his etilgan qarashlariga aylantirish, xatti-harakatlarning eng munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish shaxsning axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling