Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari


Download 307.05 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi307.05 Kb.
#1587513
Bog'liq
Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari











ANGREN UNIVERSITETI
Davlat tilida ish yuritish fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: “Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari

Bajardi: BT-122 guruh talabasi
Ernazarova Munojat Nortojiyevna
Fan o’qtuvchisi: Boboxonov Laziz

Mavzu: Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari

Reja: 1.Kasbiy nutq tushunchasi.
2. Nutqning ilmiyligi, to‘gʻriligi, aniqligi, mantiqiyligi va sofligi.
3.Zamonaviy nutqda uchraydigan xatolar.

O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Yunon notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i Sitseron (eramizgacha 106- 43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol: Ko‘p sukutga qush qo‘nar, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar, ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblar bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz. So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin, Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin... (So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin...) Esanlik tilasa saning bu o‘zung, Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung. (Sening o‘zing esonlik tilasang, Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma). Bilib so‘zla so‘z biligka sonur, Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur. (Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi, Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi). Bu o‘rinda biz ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy shug‘ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag‘ishlagan, «Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-un nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o‘rganishga qaratilgan edi. «Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul abror»dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmat-baho narsa horn unga sadaf bo‘la olmaydi. So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyodagi barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z odamning tanasiga роk ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin. Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini «Jonbaxsh» deb atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan. Jabroil ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘tarib, uni so‘zlash qobiliyatiga ega etib, shu sabab hayvonlardan yuksak qilib yaratdi. Agar, qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham, и qaramaydi. So‘z, bilan el o‘limdan najot topadi, so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi, so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi, qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi. Insonga xos konning gavhari, bu – so‘zdir, odamzot gulshanining mevasi ham shu so‘zdir. Nutqning madaniyligini ta’min etadigan tо‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jо‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini о‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish, shu yо‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bо‘lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi. Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni tо‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik va grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir. Nutqning talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap bо‘lagiga tushishiga kо‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin. Madaniy nutqda sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. Ayrim sо‘zlarni eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi birbiriga yaqin sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi о‘rnida h ni (shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha о‘zlashmalardagi о‘ tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri meyoriydir. Intonatsiya tufayli sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda, intonatsiya nutq sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra har xil kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra samimiyat, norozilik, masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap intonatsiyasi bilan aytilmasa sо‘zligicha turaveradi, ammo tegishli intonatsion modelga muvofiq aytilsa darak, sо‘roq undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri nutq tuzish uchun fikrni har tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z variantlarini topa bilish, ularni о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy ma’nosini tushunmaslik uni xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir Solihboyning qiroli edi. Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini tо‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq. Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda, matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. - Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari qatnashdi. Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika” kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi: 1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning tortmasi bо‘lmaydi). 2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rning о‘limi asarini о‘qidi. 3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonmayon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan almashtirish kerak). 4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi. 5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi. 6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam sinonimlari bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa pishiq va chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi 2. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonmayon ishlatish natijasida. 1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida 2.Nutqda biror sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik. 3.Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida. Aniqlik sifati badiiy nutqda о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘ladi, chunki badiiy asar badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda bо‘lganligi uchun sо‘z ma’nosidagi siljishlar, kо‘chishlar kо‘p kuzatiladi. Sо‘z va u ifodalagan predmet о‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda kо‘pincha ochiq va tо‘g‘ridantо‘g‘ri bо‘lmaydi. Badiiy nutq о‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy maqsadiga erishish uchun sо‘zning turlicha qо‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda sо‘zlar о‘z va hatto kо‘chma ma’nolaridan tashqari о‘ziga xos yangidan-yangi ma’no qirralarini kashf etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin: Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham nо‘qtalab oldi. Bu gapdagi g‘ururining kaltaklanishi va kular yuzini nо‘qtalamoq birikmalaridagi ajratilgan sо‘zlar kasb etgan ma’no nozikliklari bilan matnga aniqlik, ta’sirchanlik baxsh etgan (g‘ururni azobli darajada poymol qilish, keskin va tamoman tо‘xtatmoq). Demak, nutqning aniqligi sо‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qо‘llanishi, sо‘zning voqelikdagi о‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir. Hurmatli byuro a’zolari! Men Bashirjon akani uzoq yillardan beri bilaman. U kishi juda g‘alati, о‘ziga xos odam. Adabiyotchilar tili bilan aytsak, о‘ziga xos bir tip. Bashirjon о‘tirgan yerida qimirlab qо‘ydi. U tip sо‘zini tif deb tushunib: Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!-deb qichqirmoqchi ham bо‘ldi. (N.Aminov. Yelvizak) Kompost- kompot paronimiyasidagi kompost gо‘ngdan achitib tayyorlanadigan о‘g‘itni, kompot esa mevalarni qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni ifodalovchi sо‘zlar bо‘lib, quyidagi parchada ular asosida juda chiroyli kulgu chiqarilgan: Marhamat,-dedim-da, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya о‘qishga tushib ketdim, -о‘rtoqlar, kompost juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning xili qancha kо‘p bо‘lsa, u shuncha shirin bо‘ladi. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni о‘rik, shaftoli qoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz... Gapimni tugatmasimdan о‘tirgan odamlar sharaqlab kulib yuborishdi.(X.Tо‘xtaboyev, Sariq devni minib). Gippokrat kasal kо‘rayotganda, undan: “Siz kim tomondasiz? Men tomondami yoki kasal tomondami?”-deb sо‘rarkan. Shunda kasal:”Albatta, siz tomondaman-da” desa, Gippokrat unga qarab: “Men tomon bо‘lsangiz, biz ikkovlon kasalni yengamiz. Agar kasal tomonda bо‘lsangiz, men yakkalanib qolaman-da”, der ekan. Demak, aniq nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi sо‘z ma’nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va almashtirib bо‘lmaydigan aniq sо‘zni topish mumkin. Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy. 1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. 2. So’zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.

Xulosa
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so’zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir. 3. Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi. Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. Mantiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o’quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay qoladi. 2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o’quvchilar matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar.
Download 307.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling