Qo„shimcha qism: "Ko‗cha harakati" maketi bo‗yicha o‗yin.
Alohida e'tibor qaratiladi: bolalarni surat bo‗yicha mazmunli hikoya tuzish,
suhbat paytida faol ishtirok etishlariga e'tibor berish.
Mavzu: Transport, ko„cha harakati qoidalari (KHQ)
Hayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari (HFXA)
3-hafta. Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari
Mavzu: “Tez yordam xizmati”nomli surat ustida suhbat
Maqsad:
“Nutq va til”:
bolalarga maxsus xizmat transport vositalari (tez yordam va o‗t o‗chirish
mashinalari), vazifalari mavzusiga doir savollar berish bilan muloqatga
kirishishlariga imkoniyat berish.
Bolalarni tez yordam xizmati tasvirlangan surat bo‗yicha mazmunli hikoya
tuzishga, suhbat paytida faol ishtirok etishga undash. Surat bo‗yicha guruh
muhokamasida muloqotga kirishish, mustaqil mazmunli hikoya tuzishga
o‗rgatish. «Tez yordam xizmati» mavzusida lug‗atni faollashtirish.
Intellektual-bilish malakalari
Bolalarga tyez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning
hayotiga xavf tug‗diradigan holatlarda birinchi tibbiy yordamni ko‗rsatish ekani,
tibbiy yordam barcha holatlarda – bemor O‗zbekiston fuqarosimi yoki chet ellik
mehmonmi, bundan qat'iy nazar bepul ko‗rsatilishi, O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 40-moddasida ham ―Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish huquqiga ega‖, deya qat'iy belgilab qo‗yilganligi haqidagi
tushunchalarni berish.
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
Bolada tengdoshlari bilan o‗zaro samimiy, do‗stona muloqotga kirishish,
bir-biriga yordam kӯrsatishga tayyor bo‗lish, o‗rtoqlariga nisbatan mehrli
munosabatda bo‗lishni tarbiyalash.
Kerakli jixozlar:
―Tez yordam xizmati‖ mavzusida rasm
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi ta'limiy faoliyatning kirish qismida bolalarga tez yordam xizmati
vazifasi, shifokorlar mehnati haqida gapirib suhbatni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |