Mutaxassisligi bo’yicha jiyanberdiev merojiddinning nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirishning intеgrativ mеxanizmlari mavzusidagi


Download 478.19 Kb.
bet4/20
Sana15.06.2023
Hajmi478.19 Kb.
#1488250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Мерожиддин БМИ новый

Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrofmuhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo`llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi[23, b. 378.].
Ijtimoylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
Ijtimoylashuv soʻziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur boʻladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni oʻzlashtirishidir. Ijtimoylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak bo`ladigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, koʻnikmalar shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qoʻllaniladi: ya’ni bular «shaxs shakllanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni oʻzlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.
Ijtimoylashuv — bu bizning jamiyatga qoʻshilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy tajribalarni o ʻzlashtirishimizdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi individ ijtimoiy tajribani:

  1. Qabul qilishi, singdirishi;

  2. Oʻz hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qoʻllashi;

  3. Oʻzgalarga uzatishi, oʻz ta’sirini oʻtkaza olish jarayonidir.

Ijtimoylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar:

  1. Neobixeviorizm namoyandalari ijtimoylashuv — bu ijtimoiy oʻrganishdir;

  2. Interaksionizm vakillari ijtimoiy oʻzaro ta’sirlar natijasi;

  3. Gumanistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon boʻlishi deb ta’riflaganlar. Ijtimoylashuv serqirra jarayon boʻlib, yuqorida psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari tomonidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urgʻu beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan koʻrib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslar aro munosabatlarga kirisha olish darajasiga bogʻliq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini oʻz ichiga qamrab oladi.

U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adaptatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.

Download 478.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling