Mutaxassislik ishi


Download 0.63 Mb.
bet5/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#193474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fotoeffekt

Fotolyuminessensiya. Jismning yorug'lik ta’sirida nur chiqarish hodisasi fotolyuminessensiya deyiladi. Yorug'lik modda atomlarini uyg'otadi. Natijada moddaning o'zi nur chiqara boshlaydi. Archa o'yinchoqlari yorug'lanuvchi bo'yoqlar bilan qoplanadi. Ularga nur yog'dirilgandan keyin nurlanadi.

Fotolyuminessensiya vaqtida chiqadigan yorugiik to'lqin uzunligi uyg'otuvchi yorug'lik to'lqin uzunligidan katta bo'ladi. Masalan, ichiga flyuoressein (organik bo'yoq) solingan idishga binafsha yorug'lik dastasi tushirilsa, bu suyuqlik yashil-sariq tusda yorug'lanadi.

Fotoeffekt qonunlari

Fotoeffekt - yorug'lik ta’sirida jismdan elektronning uchib ehiqish hodisasi. Bu hodisani birinchi bo'lib, Genrix Gers 1887 yilda kuzatgan. Miqdoriy tekshirishlami esa A.G.Stoletov bajardi. 4.4.2.1-rasmda Stoletov tajribasining sxemasi keltirilgan. Ikki metall elektroddan biri metall plastina bo'lib, ikkinchisi esa to'rsimon edi. Bu elektrodlar galvanometr orqali batareyaga ulandi. Metal plastina katod vazifasini to’r esa anod vazifasini bajaradi.



Qurilma qorong'ulikka joylashtirilganda galvanometr nolni ko'rsatdi. Katod yoritilganda esa darhol galvanometr tok o'tayotganligini ko'rsatdi. Demak, yomg'lik ta’sirida ajralib chiqayotgan zarralar manfiy zarralar ekan. Ular katoddan ajralib anodga tomon tortilyapti va zaryadli zarralar ko'chkisi zanjirda tokni


yuzaga keltiryapti. Bu tokni fototok deb ataldi.
1898 yil Leonard va Tomson katoddan ajralib chiqqan zarralaming magnit maydonda og'ishiga qarab zaryadning massaga nisbatini aniqladilar. Bunga ko'ra bo'lib chiqdi. Demak, bu noma’lum zarra elektron ekan degan xulosaga kelishdi. Tajribalarda shu narsa aniqlandiki, fotoeffekt hodisasi plastinka materialiga va uning sirtining tozalik darajasiga bog'liq ekan. Bu hodisani yaxshiroq o'rganish uchun 4.4.2.2-rasmdagi qurilmadan foydalanildi. Havosi so'rib olingan shisha idish katod tekshirilishi kerak bo'lgan metall bilan qoplandi. Uni odatda fotokatod deb ataladi. Monoxromatik nurlar dastasi shisha idish derazasidan o'tib, katod sirtiga tushadi. Sxemadagi potensiometr elektrodlar orasidagi kuchlanishning miqdori va yo'nalishini o'zgartiradi. Kuchlanish voltmetr bilan, fototok esa galvanometr bilan o'lchanadi. 4.4,2.3-rasmda yorug'lik oqimi F1 va F2 bo'lgan hollar uchun fototokning katod va anod orasidagi kuchlanishga bog'liqlik grafigi tasvirlangan.

Rasmdan ko'rinishicha, elektr maydon tezlatuvchi xarakterga ega bo'lganda (K da (-), A da esa (+)) fotokning qiymati kuchlanishga monand ravishda oshib boradi. Kuchlanishning biror qiymatidan boshlab fototok qiymati o'zgarmay qoladi, ya’ni to'yinadi. Bunda katoddan chiqqan har bir elektron anodga etib kelyapti, kuchlanishni yanada oshirish foyda bermaydi. Fototokning bu qiymatini to‘yinish toki deyiladi.



Lekin, fotokatodga tushayotgan yorug'lik oqimi oshirilsa, fototokning qiymati ham oshar ekan. Masalan, 4.4.2.3-rasmda F2> F1 da It2> It1 bo'ladi

bo’lgani uchun bo’ladi deyish mumkin.

Demak, yorug'lik oqimi necha marta oshirilsa, to'yinish toki kuchi ham shuncha marta oshar ekan degan xulosa chiqarish mumkin. Lekin shuni ham eslatib o'tish kerakki, ikkala xarakteristikada ham to'yinish aynan bitta kuchlanishdan boshlab sodir bo'lar ekan, ya’ni Ut2= Ut1= Ut bo'lar ekan. Bu tajriba fotoeffektning birinchi qonunini keltirib chiqaradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling