Mutaxassislik terminlari lug`ati


Download 20.11 Kb.
bet1/12
Sana02.01.2022
Hajmi20.11 Kb.
#196727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mutaxassislik terminlari lug


Mutaxassislik terminlari lug`ati

Holiqov B.

(8-20 ARX)

Angob-1) qizil kesakdan tayyorlangan bo’yoq; 2) sopolga, devordagi g’ishtga surtilgan rangli pardoz; 3) ko’chma ma’noda-g’isht devor choklarini tekislab pardoz berish. Ustalar barnop deb ham atashadi.

Andaza-o’lchov olish, aynan shaklni ko’chirish.

Arash-qadimgi o’lchov birligi; 1 arash 50-60 sm.

Araqi-ship bilan devor orasidagi gorizontal taxta. U ko’pincha bezakdor va boshqa xoshiyalarga nisbatan kengroq bo’ladi. Aroqi yuzasi devor satxiga nisbatan eni kengroq bo’ladi.

Arka-ravoq, toq.

Araqi sarrov-xona tepasidagi devorga tutash asosiy sarrovning araqi ko’rinishga ishlanishi.

Arziq, ganch-maxalliy ganch (alebastr)ning Farg’ona vodiysida keng tarqalgan turi va uning nomi.

Arziqlamba, arziqllamma-ganch bilan pardozlangan tekis ship; qamish chiy ustidan tortilgan ganchsuvoq.

Balxi gumbaz-eng sodda keng tarqalgan gumbaz turi; to’g’ri to’rtburchak yoki kvadrat asosli xonalar ustiga har burchagidan g’isht bilan qiya terib ishlanadigan, nisbatan past gumbaz. Balki gumbaz asosan past tomli binolar (madrasa xujralari, xammom, suv omborlari va b)da uchraydi.

Bandak-g’ishtin devorlarda ko’ndalang o’rnatilgan shakldor mayda g’isht.

Bag’al-gumbaz ostidagi burchak shakl. Ko’proq ravoq va muqarnas ko’rinishida bo’ladi.

Beshik gumbaz-gumbazning beshik govrasi kabi uzun shakldagi turi.


Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling