Linga (krujalo)-yog’och va gumbazlarning andazasi.
Loyixa-bino tuzilishini ko’rsatuvchi me’moriy chizmalar to’plami.
Lo’k-g’ishtning chalqancha tomoni; chalqancha berilgan g’isht.
Majmua-ma’lum me’moriy reja asosida o’zaro mutanosib qurilgan binolar.
Madrasa-diniy oliy o’quv yurti.
Mang’ash-tarkibida temir, xrom qoldiqlari bo’lgan tog’ ma’dani. Kulol ustalar qoramtir jigarrang bo’yoq sifatida foydalanishgan.
Masjid, machit-ibodatgox, musulmonlar jamoa bo’lib namoz o’qiydigan joy, ibodatxona. To’rda xonaqoq, uning qibla tomonida mexrob, mexrobning o’ng tomonida va’zxonlik uchun minbar, qur’on o’qiladigan maxsus joylar ajratiladi. Xovli saxni, xovli atrofi ayvonlar bilan o’ralib asosiy tarzda peshtoq va gumbazli qilib qurilgan, taxoratxona, azon aytish uchun minoralar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |