Mutaxassislik terminlari lug`ati


Bolor-to’sin. Bog’dodi eshik


Download 20.11 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi20.11 Kb.
#196727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mutaxassislik terminlari lug

Bolor-to’sin.

Bog’dodi eshik-ikki tabaqali, har bir tabaqasi uch qismdan iborat, yuqorigi va pastki qismlari kvadrat, o’rtadagisi uzunchoq tuzilishga ega. Ular yuzasiga har xil naqshlar o’yilgan.

Bo’za-g’isht terish yoki poydevor qo’yish uchun tayyorlangan qorishma.

Bo’rlama, bo’rlamba-bo’r (oxak) pardozli tekis ship.

Vatob-qarich, o’lchov birligi. To’rt qarich bir gazni tashkil etadi.

Gajak-1) Gumbaz ostidagi burchak ravoqchasi, kuljak. 2) Qo’chqor shoxi kabi gajak shaklli ganjala. CHiziq.

Ganch-qurilish materiali, gipsning maxalliy turi. Ganch tozaligi va maydalanishi sifatiga qarab uch turga bo’linadi: ganchxok (xoktuproq)-oddiy ganch bilan soztuproq aralashmasidan iborat, asosan devorlar g’ishtini terishga, qora suvoqqa ishlatiladi; tezganch-tez qotadigan pishiq ganch; odatda qora suvoqqa ishlatiladi; gulganch-eng mayda va nozik ganch, asosan pardoz bezagiga ishlatiladi. O’ymakori va qalinaki ishlar ham gulganch asosida tayyorlanadi.

Gireh-chigal, tugundan tashkil topgan geometrik naqsh.

Gumbaz-qubba shaklidagi tom: tarxi aylana, to’g’ri to’rtburchak va boshqa shakldagi bino va inshootlarning yarim sharsimon qilib ishlangan tom. Markaziy Osiyo me’morchiligida asosan yog’och, xom g’isht, pishiq g’ishtdan qurilgan. Gumbazning balxi, charxi, chortark, chorgunchak, mirzoiy, kuloxiy, shalg’omiy va boshqa turlari mavjud.

Dalon, dolon-usti berk yo’lak, ba’zan tepasida bolaxona bo’lishi mumkin.

Dandona-g’ishtlardan ko’ndalang terib tishli qilib terilgan qator, kungura. Imoratlarning tomi, devori tepasidagi kungurali xoshiya qismi ham dondala deb ataladi.

Daxma-1) qabr ustiga o’rnatilgan yodgorlik, sag’ana, maqbara. 2) majusiylar (zardushtiylar) davrida murda qo’yib quritilgan maxsus supa, xona.


Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling