Ma’bod-ibodatxona.
Maqbara-qabr ustiga qurilgan maxsus bino. Oddiy turi chorsi xonadan iborat, unga peshtoqli eshik orqali kirish mumkin. Ba’zan xonaning to’rt tomoni ravoqli chordora shaklida bo’lgan. Murakkab to’rida ziyoratxona, go’rxona, tagxona kabi maxsus xonalar ham bo’lgan; me’moriy komplekslar ham yaratilgan. Masalan Xo’ja Axmad YAssaviy maqbarasi.
Mezana-minoraning tepa qismi, masjidning azon aytiladigan minorasi; Biror bino (peshtoq,) darvozaxona ustiga qurilishi mumkin. Mezona aylana va ko’p qirrali shaklda bo’ladi. Ko’pincha ravoqli darchalar galereyasidan iborat, tepasi odatda gumbazcha bilan yopiladi, ba’zan ochiq bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |