Koloinada-ustunlar qatori, qatorak.
Konservatsiya-ta’mirning asosiy turi. Qadimiyat asori atiqalarini saqlab qolish uchun ko’riladigan choralar. Binoni yanada buzilib ketishini oldini olish uchun maxsus qurilish choralari ko’riladi.
Koshin-1) bino bezagi uchun maxsus pishitilgan sirkor mo’rt sopol bo’lagi. YUzasi sirlangandan keyin yana bir marta xumdonda pishiriladi. 2) kesma koshin.
Kulol tuproq-sopol buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shirali tuproq, soz tuproq.
Kuloxiy gumbaz-kulox (uchli qalpoq) shaklidagi gumbaz.
Lamba-tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship.
Do'stlaringiz bilan baham: |