Qo‘llaniIadigan qo‘shimcha jihozlar: Dizayneming ijodiy ishiga avvalgi bo‘limda ko‘rsatib o‘tilgan materiallardan tashqari zamonaviy jihozlar ham zarurdir.
• Laytbokslar rasm chizish uchun qog‘ozda bevosita ishlashni xush ko‘radiganlar uchun foydalidir. Agarda nusxa ko‘chirish kerak bo‘lsa, rasmning qog‘oz bo'lagi joylashtirilib, chegarasi ustidan yurgiziladi. Kompyuter, printer va skaner ijodiy faoliyat jarayonida foydali bo‘Iib, dizaynga zamonaviy yondashish imkoniyatini yaratadi. Shaxsiy kompyuter Photoshop, Illustrator, Corelv 2D zamonaviy dasturlar bilan ta’minlangan bolish i kerak. Bugungi kunda tasvirlaming sifatini yaxshilashning ko‘p usullari mavjud: tekstura va rangni qo‘shish, skaner qilingan rasmning masshtabini o‘zgartirish, bir necha rasmlami birlashtirish yoki suratlar, tasvirlar, va matnlar qo‘yib kollajlar yaratish. Biroq, ijodkor esda tutushi lozim bo’lgan fikrlardan biri bu: “...ushbu uslublar yaratuvchanlikni mukammallashtirishtirmaydi hamda ular faqatgina g‘oyalarni amalga oshirish vositasi bo‘lib qo’llanilishi lozim...’’ (Patrik Morgan) [4].
Nazorat savollari.
- Dizaynerning ish faoliyati to‘g‘ri tashkillashtirishi uchun xonani jihozlashda qanday vositalar bo’lishi kerak?
- Qalamning qattiqlik darajasi nimaga bog’liq va u qanday sharoitlarda qo'llaniladi?
- Rasm chizish uchun qo'llaniladigan qog'oz turlarini aytib bering.
- Dizayn sohasida qo'llaniladigan qanday zamonaviy dasturlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |