80
1.7. Fermentlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Reja:
1.
Fermentlar produtsentlarini o‘stirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar;
2.
Fermentativ produtsentlarni o‘stirish usullari;
3.
pH, haroratning ta’siri, mikro- va makroelementlar ta’siri;
4.
Uglevod va azot manbalari;
5.
Fosfor manbalari, vitaminlar va o‘stirish moddalari
Fermentlarning produtsentlarini o‘stirish ularni
qattiq va suyuq oziqa
muhitlariga ekish usullari bilan olib boriladi. Qattiq
oziqa muhitlarining yuza
qismida faqat aerob mikroorganizmlarni o‘stirish mumkin.
Suyuqlik ichida o‘stirish usulida asosan mikroorganizmlar suyuq oziqa
muhitlarida o‘stiriladi va bunda ham aerob ham
anaerob mikroorganizmlarni
o‘stirish mumkin. Fermentlarning aksariyat produtsentlari aerob bo‘lgan
mikroorganizmlardir va shuning uchun qattiq
va suyuq oziq muhitlarida
o‘stirilganda uzliksiz havo bilan ta’minlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: