Muzliklar va qor chizig’i. Reja


Muzliklarning gidrologik ahamiyati


Download 30.84 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1416485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzliklarning gidrologik ahamyati

Muzliklarning gidrologik ahamiyati

Tog‘ muzliklarining erishidan hosil bo‘lgan suv daryo­lar to‘yinishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Muzlik hisobiga to‘yinish undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida muzlikning bo‘lishi oqim reji­mining o‘ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Jum­­­ladan, yillik oqimning o‘zgaruvchanligi kamayadi.


V.L.SHuls ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning muz­lik­qor suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolarida yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsienti(Sv) 0,10­0,15 dan ortmaydi. Faqat qor suvlari hisobiga to‘yinadigan tekis­lik daryolarida esa Sv ning qiymati 0,80­0,90 ga teng.
Muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar yozgi to‘linsuv davrining davomliligi va suv sathi hamda sarfining nis­batan katta bo‘lmagan tebranishi bilan ajralib turadi. To‘linsuv davri boshida daryolar to‘yinishida mavsumiy qorlar qatnashadi. Muzlikning yuza qismidagi qorlar eriy boshlashi bilan daryodagi suv miqdori ham orta boradi. Ba’zan haroratning keskin ko‘tarilishi natijasida tosh­qinlar ham kuzatiladi. Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, muzlik tanasida yoki muzlikdan quyida hosil bo‘lgan ko‘llarda to‘plangan suvning daryo oqimiga qo‘shilishi sabab bo‘ladi. Ana shunday ko‘llarda to‘plangan suvning to‘g‘onni yorib o‘tishi (to‘g‘onning buzilishi) hollari Himo­lay, Tyanshan, Pomir­Oloy tog‘larida tez­tez kuzatiladi. Ayrim hollarda ular falokatli sel toshqinlariga sabab bo‘ladi. Masalan, 1973 yil iyul oyida Almati shahri yaqinida, 1998 yil 8 iyunda SHohirmardonda kuzatilgan sel toshqinlari muzliklar faoliyati bilan bog‘liq.
Yirik muzliklardan to‘yinadigan daryolar suv reji­mini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yozning birinchi yarmida muzlik tanasida va uning yuzasidagi botiqliklarda va ko‘l­larda suvning to‘planishi (akkumulyasiya) ro‘y beradi. YOzning ikkinchi yarmida esa bu suvlar daryo o‘zaniga oqib tushadi. SHu sababli bir xil haroratda, yozning birinchi yarmida ikkinchi yarmiga nisbatan kam suv hosil bo‘ladi. L.K.Davi­dovning Seldara daryosi misolida olgan natijalari buning isbotidir (47­rasm).
Daryo havzasidagi muzliklar egallagan maydonning o‘lchami oqimning yil ichida taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havzada muzlik maydonining ortishi bilan yozning ikkinchi yarmi (iyul­sentyabr) dagi oqim hajmi mart­iyun davri oqimiga nisbatan katta bo‘ladi. Buning asosiy sababi daryoning to‘yinishida muzlik suvi hissa­sining ortishidir. Bu qonuniyat V.L.SHuls parametri

bilan havzadagi muzlik egallagan maydonni taqqoslaganda aniq namoyon bo‘ladi.
YOz faslida, muzlikdan oqib chiqadigan daryolarda suv sathi va sarfining kunlik tebranishi kuzatiladi, ya’ni ular havo haroratiga bog‘liq holda ortadi yoki kamayadi (48­rasm).
Tog‘ muzliklarining rejimini va ulardan oqib chi­qadigan daryolarni har tomonlama o‘rganish qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan O‘rta Osiyo sharoitida katta amaliy ahamiyatga ega.



Download 30.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling