Muzliklar va qor chizig’i. Reja


Download 30.84 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1416485
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzliklarning gidrologik ahamyati


Muzliklar va qor chizig’i.


Reja:

1. Qor qoplami va uning xususiyatlari;


2. Qorning gletcher muziga va muzlikka aylanishi;
3. Muzliklar, ularning hosil bo‘lishi, turlari, rejimi;
4. Muzliklarning gidrologik ahamiyati;
5. O‘zbekiston muzliklari.

Muzliklar yer sirtining qor chizig‘i chegarasidan yuqori qismida, relef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joy­larida qorning to‘planishi va zichlashishidan hosil bo‘ladi. Ular o‘zi joylashgan hududning iqlimiga, daryolarining suv rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa tog‘ muzliklari daryolarni to‘yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Quyida muzliklarning paydo bo‘lishini belgilovchi omillar­qor qoplami, qor chizig‘i, qor ko‘chkilari haqida ma’lumotlar keltirilib, so‘ng muzliklarning tur­lari, tarqalishi, rejimi va gidrologik ahamiyati kabi ma­salalar yoritiladi.




Qor qoplami va qor chizig‘i

Qor qoplami qorning er sirtida to‘planishidan hosil bo‘ladi. SHamol ta’sirida u er sirtida notekis taqsim­lanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko‘rsatkich­lari-qalinligi, strukturasi (tuzilishi), zichligi, suv miq­dori turli hududlarda turlicha bo‘ladi. Daryolarning suvli­ligi ko‘p jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to‘plangan qor qoplami miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.


Tabiatda quruq va xo‘l qor qoplamlari bir­biridan farq qiladi. Quruq qor qoplamining zichligi o‘rtacha 0,06 g/sm3 ga teng bo‘lsa, xo‘l qor qoplaminiki esa 0,20 g/sm3 at­rofida bo‘ladi.
Yer sirtida shunday yuza (sath)lar mavjudki, u joylarda qor ko‘rinishida yoqqan atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha yillik miqdori uning erishiga va bug‘lanishiga sarf bo‘lgan qiymatiga teng bo‘ladi. Aniqrog‘i ma’lum balandlikda qor to‘planishi va uning sarflanishi muvozanatda bo‘ladi. Relef va iqlim sharoitlarining o‘zaro munosabati tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig‘i deb ataladi. Demak, qor chizig‘ining hosil bo‘lishida relef juda katta ahamiyat kasb etadi.
Qor chizig‘idan pastda qor shaklida yoqqan yog‘inlarning miqdori ularning erishga va bug‘lanishga sarflanishidan kam, qor chizig‘idan yuqorida esa buning aksi bo‘ladi. Qor chizig‘idan yuqorida, xionosfera deb ataladigan qatlam doirasida, muntazam ravishda qorning to‘planishi kuzati­ladi. Xuddi shu xionosfera chegarasida doimiy qorliklar va muzliklar hosil bo‘ladi. Xionosfera qatlamidan yuqoriga ko‘tarilgan sari esa yog‘adigan qor miqdori sarf bo‘la­diganidan kamaya boradi.
Qor chizig‘i qutb doirasida, havo haroratining pastligi tufayli, okean sathigacha tushadi. Jumladan, janubiy yarim sharda qor chizig‘i 620 janubiy kenglikdan boshlab okean sathiga to‘g‘ri keladi. Sababi, janubiy yarim shar iqlimiga asosiy ta’sirini okean ko‘rsatadi. Qor chizig‘ining eng baland nuqtasi sub­tropiklarda joylashgan (6400 m gacha). Ekvator havosi nam bo‘lib, u erda yog‘in miqdori bir muncha ortadi va qor chizig‘i balandligi 4400­4900 m gacha tushib qoladi. Tog‘li hudu­dudlarda qor chegarasi balandligi yil fasllari bo‘yicha o‘z­garib turadi.
Yer sirtining qor to‘planadigan qismida qor qoplami va muzliklar zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish ikki xil yo‘l bilan-qor ko‘chkilari va muzlik­larning qor chizig‘idan pastga siljishi ko‘rinishida kuza­tiladi.



Download 30.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling