Muzliklar va qor chizig’i. Reja
Qorning gletcher muziga (muzlikka) aylanishi
Download 30.84 Kb.
|
Muzliklarning gidrologik ahamyati
Qorning gletcher muziga (muzlikka) aylanishi
Qor chizig‘idan yuqorida, ya’ni musbat muvozanatli qismda qor qoplami vaqt o‘tishi bilan firnqotgan qorga aylanadi. "Firn" nemischa "Firnschnee" so‘zidan olingan bo‘lib, "o‘tgan yilgi" degan ma’noni beradi. Qorning firnga aylanish jarayoni firnlashuv deb ataladi. Bu hodisaga birinchi sabab qor qoplami yuqori qatlamining uning pastki qismiga ko‘rsatadigan bosimidir. SHu bilan bir qatorda qor qoplamining yuqori qismida erigan qor suvlarining uning pastki qismiga o‘tishi va u erda muzlashi ham firnlashuvga sabab bo‘ladi. Demak, firnlashuv jarayoni ikki xil sharoitda kechadi: a) manfiy haroratda, bosim ta’sirida firnlashuv, bunday sharoitda rekristallizatsiyalashgan firn hosil bo‘ladi; b) erish va qaytadan muzlash sharoitida hosil bo‘lgan firn, u rejelyasion firn deyiladi. Firnning zichligi 0,350,80 gG‘sm3 ga teng bo‘ladi. Firnlashuv jarayoni iqlim sharoitiga bog‘liq holda turli hududlarda turlicha vaqtni talab etadi. Masalan, bu jarayonning to‘la kechishi uchun And tog‘larining CHili qismida 4 oy, Alp va Iliorti Olatovida 1 yil, Janubiy Alyaskada 4 yil zarur bo‘lsa, Grenlandiyada 20 yilgacha cho‘ziladi. Firnning zichlashib borishi gletcher muzligining hosil bo‘lishiga olib keladi (zichligi 0,90 gG‘sm3 gacha). Uning yanada zichlashishi natijasida esa haqiqiy muzlik hosil bo‘ladi. Ma’lum sharoitlarda muzlik elastiklik xususiyatiga ega bo‘ladi, u qanchalik katta bosim ostida bo‘lsa va harorati erish haroratiga qancha yaqin bo‘lsa, uning elastikligi shuncha katta bo‘ladi. Muzliklar doimiy harakatda bo‘ladi. Harakat tezligi yonbag‘ir nishabligi va muzlik qoplami qalinligiga bog‘liq. Nisbatan yuqori haroratlarda ham tezlik ortadi. Lekin ko‘p hollarda muzlikning harakat tezligi 1 kunda 0,5 m dan oshmaydi, eng katta tezlik (1040 mG‘kun) Grenlandiya muzliklarida o‘lchangan. Muzlik yuzasining o‘rta qismi uning chekkalariga nisbatan, yuza qismi chuqur qismlariga nisbatan tezroq harakatlanadi. YOz oylarida qishdagiga nisbatan, kunduz kunlari esa tungi soatlarga nisbatan tez harakatlanadi. Agarda muzlik tubi relefi va yuzasi qirqimida (profilida) keskin o‘zgarishlar bo‘lsa, unga muzlikning elastikligi bardosh bera olmaydi va natijada muzlikda chuqur yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo muzliklarida bunday yoriqlar juda ko‘p va ular muzshunosglyasiolog tadqiqotchilar hamda tog‘ sayohatchilari hayoti uchun juda xavflidir. Muzlik qatlamlardan iborat bo‘ladi, chunki u yil davomida turli mavsumlarda turlicha qiymatlarda to‘yinadi. Ular birbiridan zichligi va rangi bilan ajralib turadi va me’yordagi atmosfera bosimi (760 mm) da 00 S haroratda eriydi. Bosim 1 atmosferaga ortishi bilan uning erish harorati 0,00730 S ga pasayadi. Bu holat muzlik suvlari hisobiga to‘yinuvchi daryolarda doim suv oqib turishini ta’minlaydigan omillardan biri hisoblanadi. Download 30.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling