N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Joytun madaniyati 0 ‘rta Osiyoning ja n u b iy -g ‘arbiy hududida
ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning izlari faqat Turkm anistonning janubiy--g‘arbiy hududlaridan topilgan. Olim lar uni m iloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kuftin, V.M .M as- son, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, T o‘g ‘oloqtepa, ChagMllitepa, M unchoqlitepa, C ho‘pontepa, Joytun, Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi. Joytun qishlogMda uch qurilish bosqichi aniqlangan. Unda uylar to ‘rtburchak shaklida qurilib, devorlari guvaladan ishlangan va somon bilan suvalgan. Uylarning yonida x o ‘jalik xonalari - omborxona, saroy va o ‘ralar ham boMgan. Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni tashkil etgan. Har bir uyda (xonadonda) 5-6 kishidan iborat oila yashagan, deb taxmin qilinadi. Hammasi boMib, Joytunda 30 ga yaqin uy-joy komplekslari lgan, ularda 150-180 kishi istiqomat qilgan. Uyning ichki o ‘ng tom onida katta to ‘g ‘ri burchakli o ‘choq mavjud boMib, u loydan (guvala) qurilgan. Tosh qurollari asosan chaqmoq- toshdan ishlangan. Prizma va konussimon nukleuslar ko‘plab topilgan. Geometrik shakldagi m ikrolitlarning keng tarqalishi Joytun mada- niyatining muhim xususiyati hisoblanadi. Ulardan qadama tig ‘ sifatida foydalanishgan. Joytunliklar kulolchilik buyumlarini qoMda yasaganlar va geometrik naqshlar bilan bezaganlar. Ilk Joytun m adaniyatida bezakli sopol idishlar kam uchraydi. Bezakli idishlar ko'proq qizil rang bilan ishlangan. Ilk 54 Joytun sopol idishlarida to‘lqinsimon chiziqlar uchrasa, so‘nggi Joytun sopol idishlarida to‘rsimon chiziqlar asosiy o ‘rinni egallaydi. Bu erdan hayvon va odam gavdasi tasvirlangan haykalchalar, munchoq, shaxmat donalari topilgan. Haykalchalardan ko‘proq echki, q o ‘y haykallari uchraydi. Haykalchalar urug‘ning sig‘inadigan buyumi deb taxmin qilinadi. C ho'pontepa qishlog‘idan bir necha qabrlar topib o ‘rganilgan. Qabrlardan g ‘ujanak holda yon tom oniga yotqizilgan va ustiga qizil oxra sepilgan odamlarning suyaklari topilgan. Bu qabrlar neolitning eng so‘nggi bosqichiga tegishlidir. Joytun madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar ularning dehqonchilik bilan birga, chorvachilik, ovchilik bilan ham shug'ullanib, o ‘z davrining katta yutuqlarini qo'lga kiritganligini ko‘rsatdi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling