N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaltaminor madaniyati
Hisor madaniyati tog‘li m intaqalarda yashab, asosan hayvon
ovchiligi bilan shug‘ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning to g ‘li mintaqalarida keng tarqalgan. Ulaming izlari 300 dan ortiq joydan topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati nomini olgan. Hisor madaniyatining harakterli tomoni, uning aholisi qayroqtosh tosh qurollariga o ‘ziga xos ishlov berishgan. Uning ishlanish uslubi o ‘rta paleolit davridagiga o ‘xshaydi. Sopol idishlar qo‘lda ishlanib, geometrik naqsh berilgan. Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim erto‘la shakldagi uy qoldig‘ini va 4 ta qabrni topib o ‘rganganlar. Jasadlar g‘ujanak holda yotqizilib, o y oq-qo‘llari bog‘langan holda ko‘milgan. Bu mozorlar Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga tegishlidir. Xuddi shu davrda O 'rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullangan neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik XX asrning 30—40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topilgan va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan kiritilgan. Yodgorlik Amudaryoning Oqchadaryo o ‘zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom berilgan. Kaltaminor madaniyati 0 ‘rta Osiyoning g ‘arbiy va shim oli-g‘arbiy tomonidagi erlarida keng tarqalgan. Uning shim oli-g‘arbiy chegarasi Ural daryosining o ‘rta va quyi oqimlarigacha, g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha borib taqalgan. Janubda Qoraqum va Qizilqum 55 etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta territoriyasida ham Kaltam inor madaniyati ancha keng tarqalgan. Kaltam inor madaniyatini o ‘rganish jarayonida olim lar uning rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. Y I-IY ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IY—III m ing yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. Ill ming yillik oxiri - I I ming yillik boshlariga oid). Oqchadaryo havzasidan ko ‘plab kaltam inor m adaniyatiga oid yodgorliklar topilgan. Ulam ing 3-4 ta manzilgohining madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Bular Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling