N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115
Hisor madaniyati tog‘li m intaqalarda yashab, asosan hayvon 
ovchiligi bilan shug‘ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning 
to g ‘li mintaqalarida keng tarqalgan. Ulaming izlari 300 dan ortiq joydan 
topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri 
yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati 
nomini olgan.
Hisor madaniyatining harakterli tomoni, uning aholisi qayroqtosh 
tosh qurollariga o ‘ziga xos ishlov berishgan. Uning ishlanish uslubi 
o ‘rta paleolit davridagiga 
o ‘xshaydi. Sopol idishlar qo‘lda ishlanib, 
geometrik naqsh berilgan.
Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim erto‘la shakldagi uy 
qoldig‘ini va 4 ta qabrni topib o ‘rganganlar. Jasadlar g‘ujanak holda 
yotqizilib, o y oq-qo‘llari bog‘langan holda ko‘milgan. 
Bu mozorlar 
Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga tegishlidir.
Xuddi 
shu 
davrda O 'rta 
Osiyoning shimoliy va 
markaziy 
hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullangan 
neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik XX 
asrning 30—40 yillarida 
S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi 
havzasida topilgan va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan 
kiritilgan. 
Yodgorlik Amudaryoning Oqchadaryo o ‘zanidan chiqqan 
qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom 
berilgan.
Kaltaminor madaniyati 0 ‘rta Osiyoning g ‘arbiy va shim oli-g‘arbiy 
tomonidagi erlarida keng tarqalgan. Uning shim oli-g‘arbiy chegarasi 
Ural daryosining o ‘rta va quyi oqimlarigacha, g‘arbiy chegarasi Kaspiy 
dengizigacha 
borib 
taqalgan. 
Janubda 
Qoraqum 
va 
Qizilqum
55


etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va 
janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va 
Ustyurtning katta territoriyasida ham Kaltam inor madaniyati ancha keng 
tarqalgan.
Kaltam inor madaniyatini 
o ‘rganish jarayonida olim lar uning 
rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. Y I-IY ming 
yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IY—III m ing yilliklarga oid) 
va 
Saksovul (mil.avv. Ill ming yillik oxiri - I I ming yillik boshlariga oid).
Oqchadaryo havzasidan ko ‘plab kaltam inor m adaniyatiga oid 
yodgorliklar topilgan. Ulam ing 
3-4 ta manzilgohining 
madaniy 
qatlami 
buzilmasdan saqlanib qolgan. 
Bular 
Jonbas-4, 
Qavat-7, 
Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling