N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalvarzintepa
Fayoztepa ibodatxonasi topilgan, hozirda u toMa o ‘rganib chiqilgan.
Fayoztepa vihara tipidagi ibodatxona ekanligi isbotlangan. U uch qismdan iborat boMib, har birida hovli boMgan, ularning atrofida uylar joylashgan. Ibodatxonaning markaziy qismida diniy m arosim lar o ‘tkazilgan. Ikkinchisi qismi monastir, uchinchisi esa x o ‘jalik ishlariga moMjallangan inshootlar boMgan. M arkaziy qism da yaxshi saqlangan stupa topilgan. M arkaziy qism ning ayvonidan loy va ganchdan yasalgan Budda, uning safdoshlari-badisatvalarning haykallari topilgan. Ular qizil rang va tilla suvi bilan bezatilgan. Devorlarga diniy marosim rasmlari tasvirlangan boMib, ularda hayotiylik izlari ko'rinadi. Oq m arm ar va alebastrdan ishlangan haykallar ham topilgan. 1972 yilda bu erdan oq marmartoshdan yasalgan m uqaddas Badxi daraxti tagida o ‘tirgan Budda va tik turgan ikki ruxoniy haykali topilgan. Qoratepa va Fayoztepa rasmlari Xindistondagi ibodatxonalar qurilishi va uning rasmlaridan farq qiladi, lekin Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharqdagi ibodatxona va rasmlarga yaqin. Shuning uchun ham buddizm 0 ‘rta Osiyodan m azkur hududlarga tarqalgan degan xulosaga kelingan. Lekin, Xitoy va Olmon olimlari Budda dini Sharqqa 0 ‘rta Osiyo orqali kirib bormagan, degan fikrdalar. 1971 yilda Surxondaryo viloyati Sho'rchi tunianida Dalvarzintepa yodgorligi ochildi. U m a’muriy bino qoldiqlari, kulollar yashaydigan no xonalar tadqiq etildi. Dalvarzintepadan ikki yarusli xum donlar ham topilgan. Topilgan ashyolar kulolchilik yuksak darajada boMganligini ko‘rsatadi. 1972 yilda Dalvarzintepadan 115 ta oltin buyumlardan tashkil topgan xazina topilgan. Mil. II-III asrlarga oid m azkur xazinadan sirg‘a, bilakuzuk, kamarband, uzuk, oltin shodasi, sopol idishlar, haykalchalar, taqinchoqlar, tangalar, shaxmat donalari topilgan. Dalvarzintepa atrofida ibodatxonalar boMib, ulam ing harobalaridan buddizm ga oid turli haykallar topilgan. Dalvarzintepadan ancha uzoq boMmagan joyda Kushon davriga oid qabriston ochildi. Unda odam suyaklari, sopol idishlar, taqinchoqlar, tangalar olindi. Uning eng pastki qatlamida murdalar xumga ko‘milgan. Tozalangan suyaklarning borligi uni zardushtiylarga xos ekanligini bildiradi. Bunga o ‘xshash qabristonlar Tojikistondagi Tulhar, K o‘kqum, Oriqtov, Turkma- nistondagi Babashov qabristonlaridir. Tulhar qabristonidagi 350 goM'dan 219 tasi o'rganilgan. Bu erdagi go‘rlar laxad va yorm a shaklida. OMiklami yasatib, boshlarini shimolga qaratib ko‘mganlar. Qabrlarga sopol idish, taqinchoq, qurollar ham ko‘yilgan. 1972 yilda Angor tumanidan 16 gektami egallagan Zartepa shahar harobasi topildi. Uylarning devorlari paxsadan qilingan. Aholi yashash xonalarinng maydoni 4-15 m2 ni tashkil qiladi. Bu erdan ibodatxona, Buddaning oltin suvi yuritilgan boshi va gavdasi topilgan. Buddist- lam ing saqlanib qolgan stupasidan bitta oltin plastinka ko‘zacha va yunon tangalariga taqlid qilib ishlangan Vasudeva I tangalari (ular 500 dan ortiq tanga) topildi. Shuningdek, Zartepaning 100 metrli mudofaa devori ham oM-ganildi. Topilgan ashyolar Zartepaning mil.av I asrga mansub ekanligini ko‘rsatadi. Qadimda mazkur shaharning 4 ta darvozasi boMgan. Mudofaa devorlarining 9 metr, IV-V asrlarda esa 2 m etr boMgan. 0 ‘zbekistonning qadimgi davrida amaliy san 'at ham yuksak darajada rivojlanadi. Xususiy muhr, tam g‘alar, mahalliy hokimlik nishoni gemma va tangalar zarb qilina boshlandi. Diniy va dunyoviy harakterga ega boMgan har xil terrokota haykalchalari ham ishlab chiqila boshlandi. Terrakota haykalchalarda ayollar aks ettirilgan boMib, ular ikki xil tuzilishda boMgan. l)Tik turgan holda, o ‘ng qo'li ko‘krak ostida, chap qoMi qomi ustida qo‘yilgan. 2) Tik turgan holda boMib, qoMlarida oyna ushlab turgan holda tasvirlangan. Terrakota haykalchalarda maxalliy etnik tiplar va mahalliy ust-boshlarda tasvirlangan. Mil.avv. II asrlardan boshlab, otliq chavondozlar tasvirlangan terrakota haykalchalar keng tarqalgan. Bular yuejilar faoliyati bilan bog‘liq edi. Bu davrda mulkiy tabaqalanish protsessi ham jadal sur’atlar bilan kechdi. N atijada ilgari m arkazlashgan shahar hokimiyati nufuzi pasayib, dehqonzodalar ta’siri oshib bordi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling