N. A. Tashpulatova


Ingalatsion usulda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz)


Download 0.89 Mb.
bet19/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Ingalatsion usulda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz). Ingala- tsion narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Bu usulni o‘tkazishda turli og‘riqsizlartiruvchi dori-moddalardan foydalaniladi: azot oksidi, ftoro- tan, trilen, siklopropan, pentran.
Ingalatsiyasiz usulda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz).
Ingalatsiyasiz narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teri osti turlari kiradi. Vena ichiga narkoz o‘tkazish qulay. Sababi hech qanday mos- lama va apparatlar kerak emas. Buning uchun quyidagi narkotik mod- dalardan foydalaniladi: seduksen, propofol, ketamin. Vena ichiga nar- koz ko‘pincha yuz-jag‘ sohasida jarrohlik muolajasi kam vaqtni talab etsa amalga oshiriladi.
Stomatologiyada muolaja bajarishda qulaylik yaratish uchun ko‘pin- cha umumiy og‘riqsizlantirishning aralash usuli qo‘llqniladi.
PREMEDIKATSIYA
Ko‘pincha bemorlarda stomatologik davo oldidan qo‘rquv, emotsio- nal xavotirlik pay do bo‘ladi. Bu holatni mahsus dori-darmonlar yor- damida bartaraf etishni premedikatsiya deb ataladi. Premedikatsiya o‘tkazishga ko‘rsatma davo muolajasining turiga va bemorning hola- tiga bog‘liq.
Premedikatsiyaga ko‘rsatmalar:

  1. Qo‘rquv.

  1. Qo‘rquv va bezovtalik oqibatida vegetativ o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pulsning tezlashuvi (90 marta 1 daqiqada).

  2. Yurak - qon tomir sistemasi, nafas organlari sistemasi kasallik- larida

  1. Avvalida hushidan ketish holatlari bo‘lgan bo‘lsa.

Kattalarda premedikatsiya uchun trankivilizator (tinchlantiruvc hi dori)lardan foydalaniladi. Trankvilizatorlar ta’sirida bemorlarning aqliy va jismoniy mehnat faoliyati saqlanadi. Bundan tashqari trankivilizator anestetiklar, analgetinlar ta’sirini oshiradi.
Trankivilizatorlarning bir marotabali dozalari qo‘llaniladi. Mepro- tan - 0,2 gr, elenium - 0,1 gr, diazepam - 0,005 gr, seruksen - 0,005 gr.
Yuqorida qayd etilgan dori vositalarini stomatolog qabulida bo‘lishdan 30-60 min oldin qabul qilinadi. Boshqa guruh dori vositalaridan valeriyana, karvolal nastoykalari qo‘llaniladi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Mahalliy og‘riqsizlantirish deb, bemorning es-hushini saqlagan holda tananing biron-bir qismidagi og‘riq sezgisini yo‘qotishga qara- tilgan davo chorasiga aytiladi. Mahalliy og‘riqsizlantirishning inyek- sion va noinyeksion turlari farqlanadi. Inyeksion og‘riqsizlantirishning infiltratsion va o‘tkazuvchi turlari mavjud. Noinyeksion og‘riqsizlan- tirishning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy turlari mavjud. Polikli- nika sharoitida ko‘proq mahalliy og‘riqsizlantirish usulidan foyda- laniladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling