N. A. Tashpulatova


Chiziqchali (shtrixli) shakli


Download 0.89 Mb.
bet27/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Chiziqchali (shtrixli) shakli. Bunda tish emali sathida ko‘pincha vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim holl ar- da bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mum- kin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil jarohatlanishi ko‘pincha yuqori jag‘ markaziy va yon kurak tishlari sathidagina, ba’zan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu xastalikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina o‘zgarishga uchraydi.
Dog‘simon shakli. Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi

13-rasm. Flyuoroz.

bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘- lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchra- sada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi (13-rasm).
Hol-hol bo‘rsimon nuqtali shakli. Flyuoroz xastaligining bu xil shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati bo‘r rangida bo‘ladi. Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari) notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1-1,5 mm diametrli, chu- qurligi esa 0,1-0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, ak­sariyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. Bunday sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin to‘qimasining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigar- ranggacha bo‘yalgandir.
Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham namo- yon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chuqur jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egallashi mumkin. Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling