Qon tomirlarning jarohatlanishi. Qon tomirlarning jarohatlanishi gematoma hosil bo‘lishi bilan nomoyon bo‘ladi. Ko‘pincha o‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish amalga oshirilganda kuzatiladi. Bunda bemorga sovuq kompres tavsiya etiladi.
Yumshoq tanglay muskuli parezi. Parez - muskulning vaqtincha- lik qisqarish hususiyatining buzilishi. Yumshoq tanglay muskuli pare- zida bemorda yo‘talish va qusish refleksi sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Mimika muskullarning parezi. Og‘riqsizlantirish jarayonida yuz nerv tolasini jarohatlab qo‘yish natijasida namoyon bo‘ladi. Bu holat anestetik modda so‘rilishi bilan o‘tib ketadi.
Diplopiya - predmetni ikkita ko‘rish. Infraorbital og‘riqsizlanti- rishda anestetikni ko‘z kosasiga kirishi oqibatida kelib chiqadi va bu holat tezda o‘tib ketadi.
Og‘riqsizlantirish vaqtida ignaning sinishi. Inyeksion ignaning sinishi shifokorning qo‘pol harakati, suyakka qattiq bosish oqibatida yuz beradi. Agar igna ko‘rinmasa yoki pinset bilan chiqmasa, jarrohlik aralashuvi kerak bo‘ladi.
Nervlarning jarohatlanishi. Nervlarning jarohatlanishi oqibatida travmatik nevrit bo‘lishi va bunda bemor ushbu nerv inervatsiyasi (nerv tolalari bilan ta’minlanishi) sohasida doimiy simillovchi og‘riqlar bo‘lishidan shikoyat qiladi. Paresteziyada esa nerv inervatsiyasi sohasida sezish hususiyati pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Pastki jag‘ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasi. Pastki jag‘- ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasida pastkijag‘ harakati chega- ralanib qoladi va natijada bemor og‘zini to‘liq ocha olmaydi.
Inyeksiyadan so‘nggi infiltrat. Inyeksiyadan so‘nggi infiltrat igna bilan to‘qimalarni jarohatlanishi va ko‘p miqdorda anestetik modda yuborilishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Inyeksiyadan so‘nggi abssess va flegmona. Ineksiyadan so‘nggi abssess va flegmona hosil bo‘lishi inyeksiya davrida infeksiya tushishi natijasida ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |