N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistemali gipoplaziya.
- Mahalliy gipoplaziya
- Chegaralangan gipoplaziya.
Gipoplaziya bu nuqsonli tish to‘qimalarining rivojlanmasligi nuq- soni bilan xarakterlanadi. Tish murtak rivojlanish davrida metabolitik buzilishlar natijasida, emalda miqdor va sifat jihatdan buzilishlar bo‘- ladi.
Gipoplaziya sut tish va doimiy tishlarda uchraydi. Gipoplaziya turli klinik ko‘rinishga ega. Gipoplaziyaning sistemali, mahalliy va chegara- langanligi farqlanadi. Sistemali gipoplaziya. Sistemali gipoplaziyaning kelib chiqishi tishning rivojlanishi davrida, sodir bo‘lgan modda almashinuvining buzil ishi bilan bog‘liq, aynan minerallar almashinuvi muhim o‘rin tu- tadi. Sut tishlarning gipoplaziyasi homilador onaning xastaligi, ovqat- lani sh me’yorining buzilishi, kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Xastalik bir guruhga kirgan tishlarda borsimon ba’zan, sarg‘ish dog‘lar, nuqson paydo bo‘lishi bilan kechadi. Nuqsonlar simmetrik bo‘lib nuqsonlar aksariyat hollard a vestibulyar yuzada joylashadi. Mahalliy gipoplaziya. Mahalliy gipoplaziya faqat bir dona tishda aniqlanadi. Periodont to‘qimasi yallig‘langan sut tishning ostidagi doi- miy tish murtagi zararlanishi oqibatida hamda jarohat ta’sirida kelib chiqadi. Xastalik yengil kechganda tish emal qavatining rangi o‘zgarib, bo‘rsimon, sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir tus oladi. Og‘ir shaklida tishning o‘l- chamlari, shakli va strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Chegaralangan gipoplaziya. Bir guruh yonma-yon joylashgan tishlarda emal qavatining noma’lum sabablarga ko‘ra jarohatlanishi oqib atida yupqalashib, ular relefining o‘zgarishi bu xastalik uchun xarakterli hisoblanadi. Chegaralangan gipoplaziya yuz-jag‘ sohasidagi jarohat natijasida, surunkali kechadigan jag‘ suyagining yiringli yal- lig‘lanishi va radioaktiv nurlanish oqibatida kelib chiqishi mumkin. Gipoplaziyaning yengil shakllarida tishlarning vestibulyar yuzasida bo‘rsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘ning kattaligi, shakli, hajmi har xil. Dog‘ yuzasi yaltiroq va silliq. Gipoplaziyaning og‘ir shakllarida bemorlar nuqtali, piyolasimon o‘yiqlar, ko‘ndalang egatlar paydo bo‘li- shidan shikoyat qiladilar. Solishtirma tashxis. Gipoplaziyani aniqlashda kariyes bilan solish- tirma tashxis o‘tkaziladi. Gipoplaziyada dog‘lar simmetrik, vestibulyar yuzada joylashgan, vital bo‘yash sinamasini o‘tkazganda bo‘yalmaydi, kariyesda bo‘yaladi. Gipoplaziyani zondlaganda kariyesdan farqli yuzasi silliq. Davolash. Davolash klinik formasiga bog‘liq. Profilaktika maqsadi- da remeneralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Og‘ir formalarida nuqsonni bartaraf qilish maqsadida plombalanadi yoki protezlanadi. ENDEMIK FLYUOROZ Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizm- ga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali me’yordan ko‘proq ftor ele- mentining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuo- roz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tarkibida bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8-1,2 mg ftor bo‘lishi kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatilgandan oshib ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil shaklda namoyon bo‘ladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling