N. A. Tashpulatova


Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi


Download 0.89 Mb.
bet28/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi. Emalning bu xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv tarkibida ftorning me’yordan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi natijasida, shu suv ichiladigan hudud va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning nafaqat emal qavati jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining jarohat- lanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli o‘zgarishi, uning kuchli yemirilishi hollari namoyon bo‘ladi. Tish emal qavatining tusi keskin o‘zgaradi.
Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgarishidan, ba’- zan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi. Flyuoroz xasta- ligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes va gipoplaziya natijasi­da sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi o‘zgarishlardan farqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Solishtirma tashxis. Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qis- mida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar yuzasida joylashadi.
Davolash. Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlar- ning chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida tish- larda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir bo‘lgan taq- dirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. Yengil klinik belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida terapevtik davo chora- tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil bo‘lgan dog‘larga kuchsiz kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, undan keyin minerallashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pig- mentli dog‘larni yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgich- lar tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va profilaktika qilish uchun suvdagi ftor miqdorini me’yorga olib kelish kerak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimerlar bilan davolanadi.
TISH MILKNI YORIB CHIQQANIDAN SO‘NG HOSIL
BO‘LGAN NUQSONLAR


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling