N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet36/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

O‘tkir o‘choqli pulpit. O‘tkir o‘choqli pulpitda bemor qisqa mud- datli, xuruj simon termik ta’sir tufayli zo‘rayadigan og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlar orasidagi oraliq davomli. Tunda og‘riqlar zo‘rayadi. Og‘riqlar mexanik, ximik va termik ta’sirdan zo‘rayadi.Tashqi ko‘rik o‘zgarishsiz. Bemor og‘rigan tishni aniq ko‘rsatadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rik o‘tkazilganda chuqur kariyes kovagi borligi, zondlaganda pulpa bo‘shlig‘i yopiq va kovak tubi og‘riqliligi aniqlanadi. Sovuq va issiq ta’sirdan hosil bo‘lgan og‘riq to‘xtamaydi va og‘riqlar 10-20 daqiqa davom etadi. Pulpitning elektr sezuvchanligi pasaygan bo‘ladi.
O‘tkir umumiy pulpit. O‘tkir umumiy pulpitda bemor o‘z-o‘zi- dan hosil bo‘luvchi davomli, xuruj simon og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlar orasidagi oraliq qisqargan. Og‘riqlar uchlamchi nerv shox- lari bo‘ylab uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniq ko‘rsatib bera olmaydi. Zondlanganda pulpa bo‘shlig‘i yopiq. Termo- metriya iliqdan og‘riqli bo‘lib sovuq ta’sirdan og‘riqlarning susayishi kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi tishning hamma do‘m- boqlarida pasaygan bo‘ladi. Perkussiya ayrim hollarda og‘riqli. Tunda og‘riqlar zo‘rayadi.
SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit. Kasallik anamnezi aniqlanganda bezov­ta qilayotgan tish, avval o‘tkir pulpitga xos bo‘lgan og‘riqlar bilan bezovta qilganligi ma’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riqlar mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladi. Zondlanganda chuqur kariyes kovagi borligi, kariyes kovagi tish bo‘shlig‘i bilan tutashma- ganligi va aniq zondlanganda bir nuqtada og‘riqli bo‘lib, qonaydi. Termometriya sovuq ta’sirdan og‘riqli bo‘lib hosil bo‘lgan og‘riq, avval sust bo‘lib borgan sari zo‘rayib boradi. EOD o‘tkazilganda pulpaning sezuvchanligi 20-40 mkA ga teng. Rentgenologik tekshirish ildiz uchida suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
Surunkali gangrenoz pulpit. Surunkali gangrenoz pulpit o‘tkir pulpit va uzoq davom etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Bemor termik ta’sirdan ya’ni issiqdan hosil bo‘lgan og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlanganda kariyes bo‘shlig‘i tish bo‘shlig‘i bilan tutashgan va ayrim hollarda tutashmagan ham bo‘lishi mumkin. Tish bo‘shlig‘i zondlanganda og‘riq turli chuqur- likda hosil bo‘ladi, bu esa gangrenoz jarayonining qay darajada tarqa- lganligiga bog‘liq. Zondlanganda og‘riqning yo‘qligi pulpaning nobud bo‘lganligi belgisidir. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan va u 40-90 mkA ga teng. Rentgenogrammada ildiz uchi to‘qimalarida so‘rilish kuzatiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling