Divital eksternatsiya usuli. Divital eksternatsiya usulida davol ash uchun bemor ikki marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalaniladi. Ko‘rsatma: o‘tkir umumiy pulpit, surunkali pulpitlar, su- runkali pulpit huruji. Qarshi ko‘rsatmalar: ildizi shakllanmagan tishlar, ildizi so‘rilgan sut tishlar, ildiz kanali yomon o‘tuvchi premolyar va molyar tishlar.
Pulpani to‘liq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar (mishyakli pasta) qo‘yilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Divital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi qatnov
Og‘riqsizlantirish;
Kichik o‘lchamli sharsimon yoki teskari konus shaklli bor yor- damida tish bo‘shlig‘ini bir nuqtada ochish;
Tish bo‘shlig‘ining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga mishyak pastasi, og‘riqsizlantiruvchi suyuqlikka xo‘llangan paxta tamponi bilan qo‘yish. So‘ng suvli dentin bilan berkitish. Nekroz qiluvchi pasta bir ildizli tishlarda 24 soatga, ko‘pildizli tishlarda 48 soatga qoldiriladi. Surunkali gipertrofik pulpitda nekroz qiluvchi pastani 1,5-2 marta oshirish lozim bo‘ladi.
Ikkinchi qatnov
Vaqtinchalik plombani olib tashlash;
Kariyes kovagini charxlash tish bo‘shlig‘ini ochish;
Nekroz bo‘lgan pulpani olib tashlash;
Ildiz kanalida mexanik va dori-darmon bilan ishlov berish;
Ildiz kanalini plombalash;
Ildiz kanalini to‘liq plombalanganligini rentgenogramma yorda- mida tekshirish;
Doimiy plomba qo‘yib tishning anatomik shaklini tiklash.
Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qo‘llaniladi.
Divital amputatsiya usuli. Divital amputatsiya usuli o‘tkir umu- miy pulpit, surunkali pulpitlarni davolashda qo‘llaniladi. Bu usul quyi- dagi bosqichlardan iborat.
Og‘riqsizlantirish;
Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
Toj qismidagi pulpani olib tashlash;
Ildiz qismidagi pulpani mumlash. Buning uchun rezorsinforma- lin eritmasini ildiz kanallariga yuborish va plombalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |