N. A. Tashpulatova
Pulpitlarni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aso- ratlar
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Divital eksternatsiya usuli
Pulpitlarni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aso- ratlar.
Biologik usul bilan davolashda ko‘rsatmani to‘g‘ri aniqlamaslik; Tashxisni noto‘g‘ri aniqlanishi; Ildiz yoki bifurkatsiya sohasi perforatsiyasi; Ildiz kanalida endodontik asbobning sinishi; Ildiz kanali uchun plombani noto‘g‘ri tanlanishi; Ildiz kanalini to‘liq plombalanmasligi; Ildiz kanalini plombalashda plomba ashyosini ildiz uchi teshi- gidan chiqarib yuborish; Davolashning divitalizatsiya usuli qo‘llanilganda vaqtinchalik plombani noto‘g‘ri qo‘yilishi sababli tishda og‘riq paydo bo‘lishi; Arsenat kislotasining ortiqcha miqdorda qo‘yilganligi yoki ko‘r- satilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida qolishi oqibatida periodontning yallig‘lanishi. Tayanch iboralar: Pulpit - pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi; Vital amputatsiya usuli - pulpaning faqat toj qismini olib tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan davolash usuli; Vital eksternatsiya usuli - bemorning birinchi qatnovida pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilmasdan to‘liqligicha olishga asoslangan davolash usuli; Divital eksternatsiya usuli - pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilgan holda, ikki qatnovda davolashga asoslangan usul; Arsenat kislotasi - nekroz qiluvchi vosita. Ekssudat - suyuqlik. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: Pulpit deb nimaga aytiladi? Pulpitning qanday turlari mavjud? O‘tkir pulpitlarda bemor nimalardan shikoyat qiladi? Surunkali fibroz pulpit chuqur kariyesdan qanday farq qiladi? Surunkali gipertrofik pulpit qanday klinik ko‘rinishga ega? Surunkali pulpitda tashxis qanday aniqlanadi? Pulpitlarni davolashning qanday usullarini bilasiz? Pulpitlarni davolashda qanday asoratlar vujudga kelishi mumkin? BOB PERIODONTITLAR Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘ida joylashgan biriktiruvchi to‘qima. Periodont jag‘ suyaklari bilan, tishning apikal teshigi orqali pulpa bilan, alveola katagi qirrasida milk va suyak usti pardasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashadi. Periodont to‘qimasining yalig‘lanishini periodontit deyiladi. PERIODONTITLAR TASNIFI Periodontitlarni kelib chiqishiga ko‘ra infeksiyali, jarohatli va kimyoviy turlarga bo‘linadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling