N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parodontoz.
Parodontitlarni davolash. Parodontitni davolash kasallikning qan- day kechishiga, klinik va patologik cho‘ntakning chuqurligiga bog‘liq. Parodontitning yengil formasini davolash uchun bemorda 3-4 marta muolaja o‘tkaziladi. Bemorning birinchi marotaba kelishida tishlar tish karashlaridan tozalanadi va tishlarni to‘g‘ri tozalash usullariga o‘rgatiladi.
Bemorning keyingi kelishida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati tek- shiriladi, antiseptik ishlov berilgandan so‘ng tish karashlari, milk usti va milk osti toshlari tozalanadi. Muolajaning so‘nggida milk shilliq pardasiga dori vositalari bilan ishlov beriladi. Bemorning uchinchi bor kelishida ham og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati tekshiriladi. Og‘izga 1% li vodorod perikisi eritmasi bilan ishlov berilgandan so‘ng granulyatsiyalangan to‘qima qolgan tish toshlari tozalanadi. Antibiotiklar bilan ishlov beriladi, agar tishlar qimirlab qolgan bo‘lsa, tishlarni taxtakachlash uchun ortoped stomatolog tav- siyasi olinadi va lozim bo‘lsa taxtakachlanadi. Bemorga 4-6 oydan so‘ng stomatolog ko‘rigiga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Parodontitning og‘ir kechishida davolash rejasi tuziladi:jarroh stomatolog tavsiyasiga ko‘ra olinishi lozim bo‘lgan tishlar olinadi, milk usti, milk osti toshlari va granulyatsiyalangan to‘qimalardan tozalanadi. Antiseptik ishlov berib, davolovchi malhamlar qo‘yiladi. Yallig‘- lanish kamaygandan so‘ng ortopedik davo qo‘llaniladi. Har bir bemor og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi qoidalariga mukammal rioya qilishi kerak bo‘ladi. PARODONTOZ Parodontoz - parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik xastaligi. Parodontozda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lmaydi (26- rasm). Parodontoz sekin kechadi. Yengil kechuvchi parodontozda bemor vaqti-vaqti bilan hosil bo‘luvchi qichishish va noxush sezgilardan shikoyat qiladi. Shilliq parda och pushti rangda bo‘lib tishning sementi ko‘rinib qoladi. O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi parodontozda bemor termik, mexa- nik, ximik ta’sirlar natijasidan bir zumlik og‘riq paydo bo‘lishidan shikoyat qiladi. Milkning shilliq pardasi och pushti rangda, tishlarning bo‘yin qismlari ochilib qolgan, tishlarning klinik koronkasi uzaygan, klinik cho‘ntaklar yo‘q bo‘ladi. Og‘ir kechuvchi parodontozda bemor termik ta’sirlardan tez o‘tib ketuvchi og‘riqdan va ayrim hollarda giperesteziyadan shikoyat qiladi. Ko‘rik vaqtida tish bo‘ynining birmuncha qismi ochilib qolganligi aniqlanadi. Tishlar qimirlaydi. 26-rasm. Parodontoz. Rentgenogrammada tishlararo plastinkaning bir tekis yemirilgan- ligini ko‘rish mumkin, bu ko‘rinish parodontoz uchun xarakterli hisob- lanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling