N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet49/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Davolash. Parodontozni kompleks davolash lozim bo‘ladi. Buning uchun umumiy va mahalliy davolash kerak. Umumiy davo bemor organizmida regeneratsiya va qon aylanishni yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mahalliy davo ta’sirlovchi faktorlarni bartaraf etish, tish toshlarini tozalash, shinalash, remineralizatsiya terapiyasini o‘tka- zishga qaratilgan bo‘ladi.
PARODONT TO‘QIMASINING NEOPLASTIK
YALLIG‘LANISHI

Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi parodontoliz pa- rodont to‘qimasida distrofik va yallig‘lanish jarayonlarini namoyon qiladigan va doimo diffuz tarzda kechadigan parodont xastaligidir. Parodont to‘qimasining og‘ir va juda tez sur’atlar bilan kechadigan bu kasalligi ko‘p hollarda organizmdagi tug‘ma sindromlarning yo‘l- dos hi tarzida yuzaga keladi. Parodontoliz xastaligida milklarning u yoki bu xil yallig‘lanishi bilan bir qatorda, chuqur parodontal cho‘n- taklar, alveolar suyak o‘sig‘ining distrofik yemirilishi oldin sut tishlari sohasida, keyinchalik esa kasallikning uzluksiz davom etishi natija- sida doimiy tishlar sohasida kuzatiladi. Xastalik shiddatli ravishda rivojl anib, tez orada tishlarning erta tushib ketishiga olib keladi. Kli- nik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu hol har xil guruh tishlar ildizini o‘rab turuvchi alveolyar suyak to‘qimasining anatomik tuzilishi va yoshga qarab uning strukturasi- ning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari tishlarga o‘z faoliyati paytida tushadigan bosimning turlil igi va mahalliy noxush ta’sir qila- digan sabablarning mavjudligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Parodontoliz kasalligi bolalarda qandli diabet, tug‘ma neytrope- niya, immunologik tanqislik, Daun xastaligi, keratodermiya va sklero- dermiya kabi kasalliklarda kuzatiladi.
Tayanch iboralar:
Gingivit - milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar ostida tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig‘lanish ja- rayoni;

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling