N. A. Tashpulatova


Parodontit - periodontal boylam, suyak to‘qimasi buzilishi va milkning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik; Parodontoz


Download 0.89 Mb.
bet50/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Parodontit - periodontal boylam, suyak to‘qimasi buzilishi va milkning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik;
Parodontoz - parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik ja- rohatlanishi;
Parodontomalar - o‘smalar va o‘smasimon kasalliklar;
Parodontal cho‘ntaklar - tish-milk epitelial pardasi jarohatl anib, uning butunligi buzilishi oqibatida chontakning hosil bo‘lishi;
Osteoporoz - suyak to‘qimasining siyraklashishi;
Shinalash - tishlarni ligature simlar yoki mahsus protezlar yorda- mida tutashtirish;
Remineralizatsiya terapiyasi - minerallarga boyitish.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Parodont qanday tuzilishga ega?

  2. Parodont kasalliklari qanday ta’riflanadi?

  3. Gingivit deganda nimani tushunasiz?

  4. Parodontit qanday tasniflanadi?

  5. Parodontitga qanday klinik belgilar xos?

  6. Parodontit qanday davo rejasiga ega?

  7. Parodontozda bemor nimalardan shikoyat qiladi?

  8. Tish qimirlashining nechta darajasi bor?

  9. Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi qanday namoyon bo‘ladi?

  10. Alveolar suyak to‘qimasining necha xil darajadagi yemirilishi farqlanadi?

  1. BOB

OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASI
KASALLIKLARI

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi butun organizm va organlar holatini o‘zida aks ettiradi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi doimiy ravishda tashqi ta’sir etuvchi omillar ta’siri ostida bo‘ladi. Undagi o‘zgarishlar organizmda yurak - qon tomir tizimi kasalliklari, modda almashinuvi kasalliklari, teri tanosil kasalliklari, yuqumli va oshqozon ichak kasal- liklarida sodir bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari tash- hisini aniqlashda kasallik elementlarini to‘g‘ri aniqlay bilish, pato- logik o‘zgarishlarning joylashgan joyi muhim ahamiyatga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida quyidagi elementlar kuzatiladi.
Shilliq pardasi va terida yuzaga keladigan toshmalar alohida ele- mentlardan iborat bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratiladi. Birlamchi elementlar jarroh elementlari, dog‘, eritma, rozeola, tugun- cha, tugun, do‘mboqcha, pufakcha, pufak, mikroabssess, kista, qabariq kiradi.
Ikkilamchi jarohatlanish elementlari: eroziya, afta, yara, yorilish, chandiq, gipertrofik chandiq, atrofik chandiq, atrofiya, karash, o‘sma, o‘smali hosilalar, tangacha kiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling