N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet58/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Kvinke shishi. Kasallik qoqqisidan yoki sekin-asta boshlanishi mumkin. Yuzning turli qismlarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va tananing biror qismida chegaralangan shish paydo bo‘ladi. Shishni qopl ab turuvchi teri yoki shilliq pardaning rangi o‘zgarmaydi. Ko‘pin- cha Kvinke shishi pastki labda, ko‘z qovog‘ida, tilda, lunjda va hal- qumda kuzatiladi. Til va halqumning shishi asfeksiyani keltirib chiqa- rishi mumkin, bu esa hayot uchun juda havfli.
Davolash uchun organizmga allergenni kiritish to‘xtatiladi, anti- gistomin va kortikosteroidlar yuboriladi.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASINING EKZOGEN
INTOKSIKATSIYALARDAGI O‘ZGARISHLARI

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga yoqimsiz faktorlarning ta’sir qilishi oqibatida kelib chiqadi. Ko‘pincha bu faktorlar insonning pro­fessional mashg‘uloti bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lmagan kimyoviy moddalarni uzoq muddat mobaynida orga­nizmga qilgan ta’siri surunkali intoksikatsiyaga olib keladi. Surunkali intoksikatsiyaning rivojlanishida og‘ir metallar alohida o‘rin tutadi. Qo‘rg‘oshin, simob, vismut va boshqa metallar bilan ishlaydigan inson- larda vaqt o‘tishi bilan surunkali intoksikatsiya kelib chiqishi mumkin. Har bir metall og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga hos klinik ko‘rinish hosil qiladi.
TIZIM KASALLIKLARIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
SHILLIQ PARDASINING O‘ZGARISHI

Og‘iz boshlig‘i ichki organlar bilan uzviy bog‘langan. Masalan, og‘iz boshlig‘i shilliq pardasi retseptorlari markaziy nerv sistemasi bilan, oshqozon ichak tizimi, endokrin, yurak - qon tomir tizimi va boshqalar bilan bog‘liq. Boshqa organlar finksiyasining buzilishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida belgilar paydo qiladi. Oshqozon-ichak tizimi funksiyasining o‘zgarishi tilni karash bilan qoplanishiga olib keladi. Yurak - qon tomiri tizimi kasalliklarida lab, til, lunj va og‘iz bo‘shlig‘i tubi shilliq pardasi sianozi kuzatiladi. O‘tkir infarkt mio- kardda sianoz bilan birgalikda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yori- lishi, eroziya va qontalashishlar kuzatiladi. Qon kasalliklarida ham o‘zgarishlar aniqlanadi. Leykozning birinchi belgisi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardas ida kuzatiladi. Milklar qontalashadi, qonaydi va yarali nekrotik shikastlanishlar kechadi. Qipiqlanuvchi temiro‘tki (psariaz)da «geografik til»ning bo‘lishi uning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
TIL ANAMALIYASI VA TEGISHLI
KASALLIKLAR

Glossit - til shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ko‘pgina og‘iz bo‘sh- lig‘i shilliq pardasi kasalliklarida tilda ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Faqat tilning o‘zida o‘zgarishlar bilan kechadigan yuza keltiradigan kasalliklar deskvamativ glossit, rombsimon glossit, qora til, burmali til hisoblanadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling