N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet55/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Qizamiq. Qizamiq toshmalari terida paydo bo‘lishidan 1-2 kun oldin yumshoq va qattiq tanglayda 1 mm dan bir necha mm gacha bir-biriga quyiluvchi, noaniq ko‘rinishdagi qoramtir-qirmizi rangdagi enentemalar ko‘rinishida yuzaga keladi. Ayni vaqtda lunjda kichik oziq tishlar qarshisida, qizamiq uchun xos bo‘lgan belgi «Belskiy-Filatov- Koplin» dog‘i yuzaga keladi. Bu dog‘ guruh-guruh bo‘lib joylashadi va bir-biriga sira qo‘shilmaydi. Bir ikki kundan so‘ng yo‘qolib ketadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining hamma sohasi qizarib ketadi.
Davolash. Og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz antiseptik eritmalar bilan chayiladi va kerotoplastik dori ashyolar surtiladi.
Zaxm. Zaxm surunkali davom etuvchi yuqumli venerik kasall ik. Zaxmning klinik belgilari turlicha bo‘lib uzoq, yillab davom etadi. Uning birlamchi ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchilari farqlanadi.
Birlamchi sifilis 6-7 hafta davom etadi. Bunda qattiq shanker oqish treponema epiteliyga kirgan, teri va shilliq pardada hosil bo‘ladi.
Qattiq yara bitta yoki ikki uchta bo‘lishi mumkin. Qattiq yara oval, yumaloq shaklda bo‘lib, diametri 1,0-1,5 sm gacha, yopgan nonga o‘xshab chetlari bo‘rtib, shishgan va tog‘ayga o‘xshash qattiq bo‘ladi. Og‘rimaydi, biroz qizaradi. Qattiq yara tagida tog‘aysimon qattiq infil- trat bo‘ladi, yaraning o‘rtasi toza, go‘shtdek tiniq, qip-qizil rangda bo‘ladi.
Zaxmning ikkinchi davri qattiq shanker hosil bo‘lganidan 6-7 hafta vaqt o‘tgach boshlanadi. Bu davrda rozeola-papula toshmalari
bir tekisda paydo bo‘ladi. Bu davr 3-5 yil davom etadi. Zaxmning uchlamchi davrida og‘iz shilliq pardasida, gummalar tarqalgan, gum- mali infiltrat va bug‘orli toshmalar paydo bo‘ladi. Zaxmni davolash teri-tanosil kasalliklari shifokori bilan birgalikda olib boriladi.
Kandidoz. Kondida turkumiga kiruvchi achitqisimon zamburug‘lar bilan chaqiriladigan kasallik. Kandidozning klinik yuzaga chiqishi va kechishi bemorning yoshiga, jismoniy holatiga, kechirayotgan umumiy kasalliklariga va boshqalarga bog‘liq.
Shilliq qavat kandidozi: kandidozli stomatit, milk kandidozi, til kandidozi va boshqalarga ajratiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling