N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nurlanish kasalligi.
Fizik shikastlanish. O‘tkir shikastlanish issiq ta’sir etuvchi omil (qaynoq suv, qaynoq ovqat), elektr toki, ionlovchi nurlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Qaynoq suv yoki qaynoq ovqatdan kuyish sodir bo‘lganida keskin og‘riq paydo bo‘lib, shilliq parda g‘adir-budur bo‘lib qoladi, qizaradi, pufaklar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan pufaklar tezda yorilib ularning tagida eroziya va yazvalar hosil bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalardan tashkil top- gan tish protezining bo‘lishi og‘izda mikrotok - galvanik tok hosil bo‘lishiga olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida galvanik tokni quyidagi metall qotishmalar hosil qiladi; oltin qotishmasi + amalgama, zanglamaydigan po‘lat + kavshar, amalgama + kavshar va amalgama + zanglamaydigan po‘lat. Hosil bo‘lgan galvanik tok og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bemor og‘zida noxush hidlar paydo bo‘lganligidan, til chetlari achishishidan shikoyat qiladi. Agar og‘iz bo‘shlig‘idagi mikrotok 10 mkA dan ortsa og‘iz bo‘shlig‘idagi metall qotishmalarni boshqa homashyoga (plastmassa) almashtirish kerak bo‘ladi. Nurlanish kasalligi. Rentgen nurlari, gamma-nurlari butun orga- nizmga yoki katta bir qismiga ta’siri nurlanish kasalligini keltirib chi- qaradi. Nurlangan to‘qimalardagi qon tomirlar devorlarining morfo- logik strukturasi o‘zgarib ketadi, himoya funksiyasi pasayadi, rege- neratsiya to‘xtaydi. Nurlanish kasalligining o‘tkir va surunkali shakl- lari farqlanadi. O‘tkir nurlanishda stomatit kuzatiladi va bu stoma- titni nur stomatiti deb ataladi. O‘tkir nur stomatitining birinchi bel- gisi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida nuqta hajmidagi qontalashlar paydo bo‘ladi. Ovqatlanganda og‘riydi, og‘zi quriydi, ta’m sezishi o‘zgaradi, til g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Shilliq parda ko‘kimtir tus oladi. So‘lagi quyuqlashadi. Bundan tashqari milk chetlari qizaradi, shishadi va tez qonaydigan bo‘lib qoladi. So‘ng shilliq pardada eroziya- lar paydo bo‘ladi. Bemorning og‘zidan noxush hid keladi. Hosil bo‘l- gan yazvalarning chetlari notekis bo‘lib, tubi kir kulrang karash bilan qoplanadi. Kuchli og‘riq sababli bemor ovqat qabul qilishdan bosh tortadi. Natijada og‘iz boshlig‘i mexanik tozalanmaydi, bu esa ikki- lamchi yalig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi. Organizmning himoya finksiysi susayishi oqibatida yallig‘l anishni yumshoq to‘qimal arga tez tarqalishi undan jag‘ suyaklariga o‘tib sekvestrlar paydo bo‘lishiga olb kelishi mumkin. Jarayon juda sekin kechadi, so‘ng shilliq qavatda dag‘al chandiqlar qoldiradi. Surunkali nurlanish organizmga yoki uning biror qismiga uzoq muddat kichik dozalardagi nurlarning ta’sirida hosil bo‘ladi. Avval og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmas- ligi mumkin. Asta og‘iz quriy boshlaydi, kataral gingivit hosil bo‘ladi va u yarali gingivitga aylanishi mumkin. Og‘iz dahlizining o‘tuv burma sohasida eroziyalar, so‘ng yazvalar paydo bo‘ladi va ular asta sekin milk, lablarni qoplaydi. Kasallikni uzoq muddat kechishi parodontit klinikasiga o‘xshash nur parodontitiga olib keladi. Davolash. Kasallikni davolashda umumiy va mahalliy terapevtik davo amalga oshiriladi. Umumiy davo terapiyasida organizmdagi ra- diokimyoviy reaksiyani susaytiruvchi, organizmning radiosezgirligini susaytiradigan, qon tarkibini tiklovchi, antigistomin dori moddal ar va antibiotiklar qo‘llaniladi. YUQUMLI KASALLIKLARDA SHILLIQ PARDA JAROHATI Deyarli hamma yuqumli kasalliklarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq par dasida patologik jarayon kechadi. Ushbu patologik hususiyatlarni bilish yuqumli kasalliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Yuqumli ka- salliklarning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishi har xil. Lekin bu kasalliklarning barchasini mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar va zambrug‘lar) qo‘zg‘atadi. Har bir kasallikni aniq tegish- li mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling