OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi;
OITV - orttirilgan immunitet tanqisligi virusi;
KAPOSHI sarkomasini - ko‘pincha OITS da kuzatiladidan o‘sma kasalligi;
Allergiya - organizmnimg begona moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanligi;
Kvinke shishi - yuzning turli qismlarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va tananing biror qismida chegaralangan shish paydo bo‘lishi;
Glossit - til shilliq pardasining yallig‘lanishi;
Xeylit - lab qizil xoshiyasining yallig‘lanishi.
Afta - qizargan shilliq pardada joylashgan, karash bilan qoplan- gan, qizil hoshiya bilan o‘ralgan oval yoki dumoloq shaklga ega bo‘l- gan yaracha.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari qanday ta’riflanadi?
Qaysi faktorlar jarohatlovchi faktorlarga kiradi?
Galvanizm deganda nimani tushunasiz?
Kimyoviy shikastlanishlarda birmchi yordan ko‘rsatish qanday tartibda olib boriladi?
Nur stomatiti qanday klinik ko‘rinishga ega?
Qaysi yuqumli kasalliklarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida patologik jarayonlar kechadi.
Malinasimon til qaysi kasallik ucun hos klinik belgi hisoblanadi?
Kandidoz qanday klinik ko‘rinishga ega?
OITS da og‘iz boshlig‘ida qanday o‘zgarishlar uchraydi?
OITSni profilaktika qilish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
Anafilaktik shokning qanday klinik ko‘rinishlari mavjud?
Anafilaktik shok holatida birinchi yordam qanday amalga oshiriladi?
Qanday til kasalliklarini bilasiz?
Xeylit deganda nimani tushunasiz?
BOB
YUZ-JAG‘ SOHASI YALLIG‘LANISH
KASALLIKLARI
JAG‘ PERIOSTITLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |