N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet57/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Anafilaktik shok. Anafilaktik shok eng jiddiy allergik reaksiya. Stomatologiyada qo‘llaniladigan dori vositalari va ashyolari ichida allergenlari juda ko‘p. Bular antiseptiklar, anestetiklar, analgetiklar, antibiotiklar, vitaminlar, akril plastmassalar, plomba ashyolari, malham pastalar va boshqalar. Hozirgi kunda allergik kasalliklar kundan kunga ortib bormoqda. Dori moddalaridan betartib foydalanish allergik ka- salliklarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
Allergiya-organizmnimg begona moddalarga nisbatan yuqori se- zuvchanligidir. Bunday moddalar allergenlar deyiladi. Allergenlar ta’- sirida anafilaktik shok, Kvinke shishi, dori moddalariga allergik reak- siya va boshqa kasalliklar kuzatiladi.
Anafilaktik shokning klinik ko‘rinishi turlicha. Shunga asoslanib bir nechta variantlarga bo‘linadi. Gemodinamik variant yurak - qon tomir yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Bunda bemorning pulsi tez- lashadi, terisi qizarib so‘ng oqaradi, sovuq ter bosadi, qon bosimi pa- sayadi. Ayrim hollarda bemor hushidan ketadi. Anafilaktik shok mar- kaziy nerv sistemasidagi o‘zgarishlar bilan kechganda bemor bezov- talanadi, qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, titroq bosadi, boshi og‘riydi, qayt qiladi. Anafilaktik shok nafas organlaridagi o‘zgarishlar bilan kech­ganda bronxospazm kuzatiladi. Oshqozon ichak tizimidagi o‘zgarish- lar ko‘ngil aynash, qusish, ixtiyorsiz ich ketish va siydik ajralishi, oshqozon va ichaklar sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi.
Anafilaktik shok dori moddasi yuborilganidan so‘ng 10 sekunddan 10-15 daqiqa orasida, ba’zan 4-5 soatdan keyin ham rivojlanishi mum- kin. Anafilaktik shokda bemorga o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yor- dam ko‘rsatilmasa o‘limga olib kelishi mumkin. Anafilaktik shok og‘irlik darajasiga ko‘ra uch darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rta va og‘ir. Bemorlarda anafilaktik shokning tipik kechishi quyidagi klinik bel- gilarga ega bo‘ladi. Avval bemor bezovtalanadi, qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi. Badan birdan qizib ketadi. Yuz va bo‘yin terisida qichishish va igna sanchilish sezgisi paydo bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi. Ko‘krak qafasi siqiladi. Yurak sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, nafas olish qiyinlashadi, qorni og‘riydi. Og‘ir formalarida bemor shi- koyatlarini aytishga ulgurmasdan hushidan ketadi.
Anafilaktik shokning obyektiv belgilari yuz va tana terisining giperimiyasi hosil bo‘lib, uni tezda oqarib ketishi. Ko‘z qovoqlari, lab- lar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida shish paydo bo‘lishi. Oyoqlar qaltirashi, ko‘z qorqchiqlari kengayishi va yoruqlikka reaksiya qil- masligi.
Anafilaktik shokning birlamchi belgilari boshlangan zahoti shoshi- linch tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlash shart. Buning uchun birin- chi bo‘lib organizimga kiritilayotgan allergenni toxtatish kerak. Agar allergen kiritib bo‘lingan bo‘lsa (imkoni bo‘lsa) o‘sha sohadan yuqo- riroqqa jgut qo‘yish yoki ineksiya o‘rni atrofiga 0,3-0,5 ml 0,1% adre­nalin eritmasidan inyeksiya qilish zarur. Bu muolaja allergenni to‘qi- malarga so‘rilishini kamaytiradi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa 0,1% adrenalin eritmasini 0,1-0,2 ml 3-5 daqiqa davomida tomir ichiga yuboriladi. Bemorning qon bosimi mo‘tadillashganidan so‘ng antigis- tamin dori vositalari kiritiladi. Anafilaktik shokning o‘rta va og‘ir formalarida glyukokartikosteroidlar vena ichiga yuboriladi. Bron- xospazmni yo‘qotish uchun 2,4% eufilin eritmasidan foydalaniladi.
Anafilaktik shok juda tez rivojlanganligi uchun bemorga tez sho- shilinch yordam ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Shuning uchun har bir stoma- tologik xonada quyidagi dori darmonlardan tashkil topgan to‘plam bo‘lishi shart:

  • 0,1% adrenalin, 0,2% noradrenalin, 1% mezaton;

  • antigistomin dori moddalari: 2% suprastin, 1% demedrol, tave- gil;

  • kortikosteroidlar: prednizalon gemisuksinat ampulalari, predni- zalonning 5mg li tabletkalari;

  • bronxospazmni yoqotish uchun: 5% efedrin gidroxlorid, 2,4% eufiln;

  • eritmalar: 5% glukoza, 0,9% natriy xlorid eritmasi, 200-400ml gemodez;

  • penitsillinaza;

  • dori moddalarni tomir ichiga yuborish uchun bir marotabalik steril sistema va shprislar, jgut, og‘iz ochgichlar.

Anafilaktik shokni profilaktika qilish uchun bemorni birinchi bor qabul qilayotganda anamnezni to‘liq aniqlash. Biror bir dori vositasini yuborishdan oldin bemorning qo‘llanilmoqchi bo‘lgan dori vositasini, avval, qabul qilganligi va shu dori vositasiga reaksiyalar hosil bo‘lgan bo‘lmaganligi aniqlanadi. Anamnezida allergik reaksiyalar kuzatilgan bemorlarga biror bir dori vositasini qo‘llashdan oldin antigistomin dori moddalarini qabul qilish tavsiya etiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling