N. A. Tashpulatova
Abssess - bu yog‘ to‘qimasining chegaralangan yiringli yallig‘- lanish jarayoni. Flegmona
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘z osti sohasi flegmonasi.
- Klinik belgilari.
Abssess - bu yog‘ to‘qimasining chegaralangan yiringli yallig‘- lanish jarayoni. Flegmona - bu yog‘ to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘lanish jarayonidir. Flegmona teri va shilliq parda ostida, mu- shaklar va fastiyal oralig‘ida aniqlanib, bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha anatomik sohani egallashi mumkin. Abssess va flegmonalarning kelib chiqishi, patogenezi va klinik ko‘rinishi bir biriga juda o‘hshash. Flegmonalar abssesslarga nisbatan og‘ir kechadi. Flegmonalarning topografik joylashishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi:
Pastki jag‘ atrofidagi flegmonalar; Yuqori jag‘ atrofidagi flegmonalar; Og‘iz tubi va til flegmonalari. Yuz-jag‘ sohasidagi abssess va flegmonalar o‘ta og‘ir va hafli kasallikdir. Sababi kasallik ushbu sohaning inervatsiyasi yahshi tar- moqlangan bo‘lganligi uchun o‘ta og‘riqli kechadi va ko‘pgina funk- siyal arning (chaynash, yutish, nafas olish, so‘zlashish) buzilishiga olib 33-rasm. Ko‘z osti sohasi flegmonasi. keladi. Hamda yallig‘lanish yon sohalarga (ko‘z kosasi, halqum) tarqa- lishi mumkin. Yuz-jag‘ sohasidagi abssess va flegmonalarini periodontit, limfa- denit, periostit, yuqorigi osteomiyelit, jag‘ sinishlari keltirib chiqaradi. Yiringli yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchilari esa streptokoklar, stafilakok- lar, pnevmakoklar va turli anoeroblardir. Klinik belgilari. Kasallik keskin boshlanadi. Yuzda og‘riqli infiltrate paydo bo‘ladi. Bemorlar asosan yallig‘langan sohadagi turli xil intensivlikdagi og‘riqdan yuz va bo‘yin sohasining shishganligidan va natijada yuz assimetriyasi hosil bo‘lganligidan shikoyat qiladilar (33-rasm). Og‘riqlar zo‘rayib boradi. Agar infiltrat yuza joylashsa uni ustini qoplab turgan teri qizaradi. Regional limfa tugunlar katta- lashadi. Bundan tashqari og‘iz ochilishining chegaralanishi, chaynash va yutishning og‘riq bilan kechishi, artikulyatsiyaning buzilishi bilan kechadi. Bemorlar umumiy holsizlanadi, boshi og‘riydi, uyqusi va ishtahasi yo‘qoladi. Bemorning tana harorati me’yor darajasida yoki subfebril bo‘ladi. Tashhis kasallik anamnezi va obyektiv tekshiruvlar natijalari aso- sida o‘rnatiladi. b d 34-rasm. a - og‘iz tubi flegmonasi bo‘lgan bemorning tashqi ko‘rinishi; b - yiringli o‘choqlar jarrohlik ochish muolajasi; d - davolanish jarayoni. Davolash. Yuz va bo‘yin sohalaridagi abssess va flegmonalar kompleks davolanadi. Jarrohlik va konservativ usullar qo‘llaniladi. Jar- rohl ik usulida davolash uchun yiringli bo‘shliqlar kesib ochiladi (34- rasm), ekssudat tezda chiqariladi. LIMFADENITLAR Limfadenit - limfa tugunining yalig‘lanishi. Limfadenitlar o‘tkir va surunkali bo‘ladi. Infiltrat turiga qarab, o‘tkir serroz va o‘tkir yiringli limfadenitlarga bo‘linadi. O‘tkir yiringli limfadenit limfa tugun sohasida infiltratsiya paydo bo‘lishi unung siljuvchanligining kamayishi bilan kechadi. Bemorning harorati 37,2°-37° C bo‘ladi. Yallig‘lanish limfa tuguni sohasidagi terining qizarib shishi va asta - sekin to‘qima bilan birikishi bilan kuzatiladi. Limfa tugunining yiringli parchalanish jarayoni ayrim bemorlarda tez (2-3 kun ichida), ayrimlarda sekinlik bilan (1-2 hafta davomida) rivojlanishi mumkin. Davolash. Limfa tuguniga infeksiya oqib kelishini to‘xtatish uchun birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘i bartaraf qilinadi. O‘tkir seroz limfadenitni konservativ usulda davolanadi. O‘tkir yiringli yoki huruj qilgan surunkali limfadenitlarda jarrohlik davolash o‘tkaziladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling