Omburni qo‘yish.Ombur tutqichlari ochilib, tishning toj qismi ombur tishlari o‘qi bilan bir chiziqda mos keladigan holda joylanadi. Ombur tishga to‘g‘ri o‘rnatilgach, uning tishlari olinadigan tish o‘qi bo‘ylab yo‘naltirib, milk ostiga kiritiladi (37-rasm).
Olinadigan tishni ombur yordamida siqib ushlash (fiksatsiya). Ombur yordamida tish shunday mahkam siqiladiki, tish va ombur bir butun yagona sistemani hosil qilishi kerak. Ammo siquvchi kuch o‘ta katta bo‘lmasligi lozim. Aks holda kariyes bilan yemirilgan tish par- chalanib ketishi mumkin. Kuchsiz siqilganda esa ombur siljib chiqib ketishi mumkin.
Tishni o‘rnidan siljitish. Tishni o‘z o‘rnida siljitish lyuksatsiya va rotatsiya harakatlari yordamida bajariladi. Bu bilan tish ildizi atro- fidagi bog‘lamlardan uzish yo‘li bilan periodontning qarshiligi yen- giladi. Rotatsiya harakatini bir ildizli tishlarda qo‘llash mumkin. Bunda tishni o‘z o‘qi atrofida 15°-20° ga burish kerak bo‘ladi. Ko‘p ildizli tishlarni mayatniksimon harakat bilan qo‘zg‘atiladi. Harakatning boshlanishi kuchsizroq bo‘lib, asta-sekin amplitudasi oshirib boriladi.
37-rasm. Tishlarni olish vaqtida yuqori va pastki jag‘larda
omburlarning joylashishi.
Pastki jag‘ tishlarni o‘rnidan siljitilganda birinchi harakat til tomonga qaratib bajariladi.
Tishni sug‘urib olish. Tish o‘z o‘rnidan barcha bog‘lamlardan uzib ozod qilingandan so‘ng sug‘urib chiqariladi. Tishni olish rotatsiya va traksiya harakatlari bilan amalga oshiriladi. Qaysi tishni olinishiga qarab shifokorning va bemorning holati har xil bo‘ladi.
Tish ildizini olish. Ildizlarni maxsus omburlar va elevatorlar yor- damida olinadi. Elevatorlarning bir necha xillari mavjud. Elev ator yordamida ildiz olish richag prinsipiga asoslangan. Elevator yordamida tish olish uchun chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i yordamida alveola o‘sig‘i ushlanadi, o‘ng qo‘ldagi elevatorning ishchi qismini olinadigan ildiz periodontal yorig‘iga kiritiladi. Elevatorni 0,4-0,6 sm kiritgandan so‘ng richagsimon harakat yordamida ildiz surib chiqariladi. Molyar tishlar ildizlarini olishdan, avval, ildizlarni bir-biridan fissur bor yordamida ajratiladi. So‘ng to‘g‘ri elevator yordamida ildizlar birin-ketin sug‘uriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |