N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet66/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Tayanch iboralar:
Periostitlar - tish va periodont xastaliklari asoratlari oqibatida kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishi;
Osteomiyelit - suyak to‘qimasining infeksiyali yiringli nekrotik yallig‘lanishi;
Odontogen osteomiyelit - kasallangan tish oqibatida kelib chiqqan osteomiyelit;
Abssess - yog‘ to‘qimasining chegaralangan yiringli yallig‘lanish jarayoni;
Flegmona - yog‘ to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘lanish jarayoni;
Limfadenit - limfa tugunining yalig‘lanishi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Yuz-jag‘ sohasining qanday yallig‘lanish kasalliklarini bilasiz?

  2. Odontogen periostit qanday klinik ko‘rinishga ega?

  3. Osteomiyelit nechta bosqichda kechadi?

  4. Osteomiyelit qanday davolanadi?

  5. Abssess deb nimaga aytiladi?

  6. Flegmona abssessdan nimasi bilan farq qiladi?

  7. Yuz-jag‘ sohasi flegmonalari qanday klinik ko‘rinishga ega?

  8. Yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonalari nima uchun havfli hisoblanadi?

  9. Yuz-jag‘ sohasi limfadenitlari qanday klinik ko‘rinishga ega?

  10. Yuz-jag‘ sohasi limfadenitlari qanday davolanadi?

  1. BOB
    TISH OLISH OPERATSIYASI


Tish olish deb tish ildizini alveola katagi devori va milk cheti bilan biriktirib turuvchi bog‘lamlarni kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z o‘rnidan sug‘urib olishga aytiladi. Tish olish operatsiyasi bemorning psixo- emotsional travmasi bilan kechadi.
Tish olish operatsiyasiga ko‘rsatmalar:

  1. Odontogen osteomiyelitning o‘tkir fazasidagi tishlarni;

  2. Odontogen yiringli periostitga sababchi tishni;

  3. Tishni konservativ usullarda davolashning natijasi bo‘lmasa;

  4. Tishni toj qismi yemirilib va tish ildizini protezlash uchun qo‘l- lab bo‘lmasa;

  5. Jag‘lar singanida, siniq chizig‘ida joylashgan tishlarni;

  6. Retensiyalangan tishlarni;

  7. Shilliq pardani surunkali jarohatlovchi tishlarni;

  8. Tish qimirlashning 4-darajali tishlarni;

  9. Makrognatiyada 3-molyar murtaklarini;

  10. Ortodontik davo maqsadida;

  11. Ortiqcha tishlarni.

Tish olish operatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar nisbiy bo‘lib ular quyidagilardan iborat:

  1. Yurak - qon tomir kasalliklari (yurak infarktidan oldingi holat va infarkt o‘tkazilganidan keyin 3-6 oygacha), hafaqonlik kasalligi- ning xuruj davri, tez-tez stenokardiyasi tutib turuvchi yurak ishemiya- si va boshqalar;

  2. Buyrak kasalliklari (o‘tkir diffuz glomerulonefrit, o‘tkir nefroz);

  3. Yuqumli gepatitning o‘tkir davri;

  4. O‘tkir leykoz, agronulositoz;

  5. Gemorragik diatez (gemofiliya, Verilgof kasalligi);

  6. Xuruj davridagi ruhiy kasalliklar;

  7. Miyani qon bilan ta’minlanishining buzilishi;

  8. O‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, yuqori nafas yo‘llarining yal- lig‘lanish kasalliklari);

  9. O‘tkir nurlanish kasalligi;

  10. Homiladorlikning 1, 2, 9 oylik davri;

  11. Stomatitlar;

  12. O‘sma kasalliklarini nur bilan davolash jarayoni.

OMBURLAR YORDAMIDA TISH OLISH
OPERATSIYASI

Tish olish uchun maxsus asboblar omburlar va elevatorlar qo‘lla- niladi. Omburda quyidagi qismlar farqlanadi: tish tojini yoki ildizini tishlab, ushlab oluvchi qismi - tishlari; shifokor qo‘llari bilan ushlash uchun tutqichlari. Tishlarning anatomik tuzilishlariga, guruhlariga va qaysi jag‘da joylashganligiga qarab omburlar turlicha bo‘ladi (35-rasm).
Agar tishning toj qismi yemirilib ildiz qismi qolgan bo‘lsa eleva- torlardan foydalaniladi. Elevatorlar uch qismdan iborat: ishchi qismi, biriktiruvchi qismi va tutqichdan.
Tish olish vaqtida milklarni yirtilib ketishini oldini olish va ombur tishlarini milk tagiga surib kiritishni osonlashtirish uchun yumshoq to‘qimalarni tish ildizidan ajratishdan boshlanadi. Buning uchun tish aylana bog‘lamini ildizdan, milkni esa alveola suyagidan silliqlovchi (gladilka) asbobi yordamida ajratiladi.
Tish olish operatsiyasi, ma’lum tartibda, ketma-ket bajariladigan bosqichlardan iborat. Bular quyidagilar:

35-rasm. Ombur:
1 - tishlari; 2 - qulfi; 3 - tutgichlari.



a b
36-rasm. a - yuqori jag‘ uchun omburlar; b - pastki jag‘ uchun omburlar.


  1. Omburni qo‘yish;

  2. Omburni milk ostiga surib kiritish;

  3. Ombur yordamida siqib ushlash (fiksatsiya);

  4. Tish ildizini o‘z joyida siljitish (lyuksatsiya, rotatsiya);

  5. Tishni yoki tish ildizini sug‘urib olish (traksiya).

Lyuksatsiya tish ildizini orol yoki dahliz tomonga qaratib ketma- ket tebratma harakat qildirish yo‘li bilan, rotatsiya - tish ildizini o‘z o‘qi atrofida aylantirish yo‘li bilan siljitishdir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling