N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet62/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Periostitlar - tish va periodont xastaliklari asoratlari oqibatida kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishidir. Ko‘pincha u alveola o‘sig‘ida kam hollarda jag‘ tanasi sohasida kuztiladi.
O‘tkir yiringli periostit keskin kechadi va kun sayin yallig‘lanishi ortib boradi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib tana harorati 37,5°-38°C atrofida bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi, ishta- hasi yomonlashadi, uyqusi buziladi sababi tish atrofidagi og‘riqlar zo‘rayadi, og‘riqlar chakka, quloq, bo‘yinda kuzatiladi, keyinchalik og‘riqlar susayib, simmilovchi tus oladi.

ko‘rilganda og‘riqli infiltrat va

30-rasm. Periostit.
Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘-oldi yumshoq to‘qi- malarda shish paydo bo‘ladi. Bir necha tish atrofidagi shilliq parda qizargan, o‘tuv burma tekislashadi (30-rasm). Shu sohani paypaslab flyukturizatsiya belg isi aniqlanad i. Faqat kasal tish qimirlab qolgan bo‘lib, perkussiyada og‘riq seziladi.
Bemorning yuz qismida kol- lateral shish hisobiga paydo bo‘lgan assimetriya holati aniqlanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilib paypaslaganda og‘riydi.
Rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda faqat kasal tishgagina xos bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanib,jag‘ suyagida o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
O‘tkir yiringli periostitni davo- lash kompleks tarzda olib boriladi. Ya’ni jarrohlik va konservativ usul yordamida. Jarrohlik usulining asosiy maqsadi yiringli o‘choqni kesib ochish va sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning uchun mahalliy og‘riqsizlantirishning infintratsiya va o‘tkazuvchi usulidan foydalaniladi. Kesma o‘tuvchi burma shilliq qavati bo‘ylab suyakkacha chuqurlikda o‘tkaziladi. Kesmaning uzunligi 3-5 tish sohasida 1,5-2,5 sm uzunligida bo‘lishi lozim. Yiringning erkin chiqishini ta’minlash uchun bo‘shliq ichiga rezinali lentacha (dranaj) joylab qo‘yiladi. Kasal tish olib tashlanadi. Agar kasal tish funksional va kosmetik jihatdan o‘z qiymatini yo‘qotmagan, ildiz kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lsa, saqlab qolib uni konservativ davolanadi.
Bemorga og‘iz bo‘shlig‘ini furatsillinning 1:5000 yoki kaliy per- monganatning 1:5000 nisbatdagi iliq eritmasi bilan chayib turish buyu- riladi. Kompleks davolash maqsadida bemorga antibiotiklar, sulfani- lamidlar tavsiya etiladi.
JAG‘ OSTEOMIYELITLARI
Osteomiyelit - suyak to‘qimasining infeksiyali yiringli nekrotik yallig‘lanishidir. Kelib chiqishiga ko‘ra gemotogen, travmatik, o‘q tek- kan yaralanishlar oqibatida va odontogen turlaridan iborat. Gemoto­gen osteomiyelit suyak to‘qimasiga qon bilan infeksiyaning kirib kelishi (gripp, skarlatina, difteriya...) oqibatida kelib chiqadi. Trav­matik va o‘q tekkan yaralanishlarda jarohat o‘rniga tashqaridan infek- siya kirishi natijasida kelib chiqadi. Odontogen osteomiyelitlar perio­dontal yoriqdan infeksiyaning suyak ko‘migiga o‘tishi oqibatida kelib chiqadi. Odontogen osteomiyelitlar barcha osteomiyelitlarning yar- mini tashkil etadi. Yuqori jag‘ga nisbatan pastki jag‘ osteomiyel itlari ko‘proq kuzatiladi. Stafilakoklar, anaerob infeksiyalar va asporogen anoeroblar osteomiyelitning qo‘zg‘atuvchilaridir. Osteomiyelitda yal- lig‘lanish jarayoni faqat suyak to‘qimalarini emas, balki uning ichidagi ko‘migini, suyak pardasini va atrofdagi yumshoq to‘qimalarni ham o‘z ichiga oladi.
Jag‘lardagi odontogen osteomiyelit asosan uch bosqichda kecha- di: o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. Bundan tashqari chegaral angan va diffuz bo‘lishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling