N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet60/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Angulyar xeylit. Bu surunkali qaytalanuvchi kasallik bo‘lib, zam- burug‘lar yoki steptostafilakokk infeksiyalar keltirib chiqaradi. Bemor og‘zini ochayotganda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘iz burchaklarida tez yallig‘lanuvchi eroziya yoki bichilishi paydo bo‘ladi.
Granulyar xeylit. Granulyar xeylit - mayda so‘lak bezlarining yal- lig‘l anishi. Oddiy granulyar xeylit lab qizil xoshiyasiga o‘tish sohasida qizil nuqtalar singari so‘lak bezlari kengayishini va tomchi so‘lak ajra- lishini kuzatish mumkin. Labni quritilgandan 5-10 soniya vaqt o‘t- gach, so‘lak bezlardan tomchi so‘laklar ajralib, butun labni qoplab ola- di. Ayrim hollarda so‘lak kanali ustida aylana shaklda leykoplakiya hosil bo‘ladi.
Eksfoliativ xeylit. Faqat lab qizil xoshiyasining jarohatlanishi bilan kechadigan surunkali kasallik. Ikki xil turi farqlanadi: quruq va eks- sudativ.
Quruq formasida bemorlar lablari qurib qolishidan, ayrim hollarda achishishi, qichishishidan shikoyat qiladilar. Lab shilliq pardasini og‘iz shilliq pardasiga o‘tish joyida giperemiyalangan chiziq bo‘lib, uning usti qatqaloq bilan qoplangan, qatqaloqlar olinganda to‘q qizil rangl i yuza, ayrim hollarda yuza eroziyalar hosil bo‘ladi. Quruq shakl ekssu- dativga aylanishi mumkin.
Ekssudativ formasida lablar kattalashgan, qizargan, shishgan bo‘la- di. Lablar tutashtirilganda og‘riq paydo bo‘lganligi uchun og‘iz yarim ochiq holda, lab qatqaloq, po‘stloq bilan qoplangan boladi.
Tayanch iboralar:
Galvanik tok - og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalar- dan tashkil topgan tish protezining bo‘lishi natijasida og‘izda mikro- tokning hosil bo‘lishi;
Qizamiq - o‘tkir kechuvchi yuqumli kasallik;
Zaxm - surunkali davom etuvchi yuqumli venerik kasallik;
Kandidoz - kondida turkumiga kiruvchi achitqisimon zamburug‘- lar bilan chaqiriladigan kasallik;

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling