N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rombsimon glossit.
- Qora «sochli» til.
Deskvamativ glossit. Burmasimon tilda til kattalashadi, til to‘qi- masi ikki marotabagacha qalinlashadi. Yoriq-yoriq burmalar bir-biri bilan bo‘ylama yo‘nalishda simmetrik yoki ko‘ndalang yo‘nalishda joy- lashadi. Yoriqli chuqur burmalar mikroflora rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqi- batida yallig‘lanish rivojlanib og‘riq va achishish paydo bo‘ladi.Til- ning o‘z shilliq pardasidagi distrofik yallig‘lanish kasalligidir. Kasallik epitelial shoxlanish buzilishi va til so‘rg‘ichlarining distrofik o‘zgarishi bilan kechadi. Kasallik subyektiv o‘zgarishlarsiz kechadi va ayrim hollarda bemorlar achishishidan shikoyat qiladi.
Bemorning og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinib, antiseptik eritmalar bilan chayiladi va keratoplastik vositalar qo‘llanadi. Rombsimon glossit. Surunkali kasallik bo‘lib ko‘pincha chekuvchi erkaklarda uchraydi. Til orqasidan uchinchi qismning o‘rta chizig‘ida tarnovsimon so‘rg‘ichlarning oldida rombsimon shakldagi o‘choq kuzatiladi. Uning kattaligi 0,5 dan 2,5 sm gacha bo‘ladi. Rombsimon glossit yillab davom etib, o‘z-o‘zidan sog‘ayib ketmaydi. Klinik kechishiga qarab uch xil shaklga ajratiladi: yassi, do‘mboqli, papilamatoz. Qora «sochli» til. Kasallik katta yoshdagi chekuvchi erkaklarda uchraydi.Kasallik til ipsimon so‘rg‘ichlarining turli darajadagi giper- plaziyasi va shoxlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik bemor uchun sezilarsiz, tez rivojlanadi. Tilning darsal yuzasida ipsimon so‘rg‘ichlar qalinlashadi, uzunlashadi va shoxlanadi. Ayrim hollarda bemorga tilda bir narsa bordek tuyuladi va qusish refleksi paydo bo‘lishidan shikoyat qiladi. So‘rg‘ichlar 0,5 dan 3 sm gacha bo‘lishi mumkin. Davolash uchun, avval, og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinadi va kirio- terapiya o‘tkaziladi. LAB KASALLIKLARI Xeylit - lab qizil xoshiyasining yallig‘lanishidir. Xeylitlar mustaqil yoki organizmda kechuvchi kasallikning simptomi bo‘lishi mumkin. Xeylitlarning angulyar, glandulyar, eksfoliativ turlari mavjud. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling