N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet63/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

O‘tkir bosqich. Bemor organizminig umumiy holati va bakteriya- larning virulentligiga qarab kasallik sekin yoki keskin kechishi mum- kin. Kasallikning birinchi belgisi aniq bir tish sohasida o‘ta kuchli og‘riqning paydo bo‘lishi. Keyinchalik bu og‘riq bir necha tishlar soha- siga kengayadi va yallig‘lanish jarayoni jag‘ tanasi bo‘ylab tarqalib boradi.
Bemorda umumiy holsizlik kuzatiladi. Kasallikning diffuz turida og‘riq butun jag‘ bo‘ylab hosil bo‘ladi. Bemor ishtahasi yo‘qoladi, uyqusi buziladi, boshi og‘riydi. Tana harorati 38°C dan 40°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib kuchli terlaydi.
Tashqi ko‘rik o‘tkazilganda bemorning yuzida kataral shish borligi, regional limfa tugunlari kattalashganligi, yuz terisi kulrang tus olib, yuz ifodalari kuchli og‘riqni sezayotganligini bildirib turadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi o‘tkazishda uning ochilishi chegaralangan bo‘lib, sababchi va qo‘shni tishlar sohasidagi shilliq parda qizargan shishgan, og‘izdan qo‘lansa hid keladi, so‘lak quyuqlashadi, til esa sarg‘ish - kulrang karash bilan qoplangan bo‘ladi.
Palpatsiyada sababchi tish sohasidagi alveola o‘sig‘i ikkala tomon- dan yo‘g‘onlashgan, og‘riqli, o‘tuv burma tekislashgan bo‘ladi. Tishlar qimirlab qoladi va ularning qimirlash darajasi borgan sari ortib boradi. Kasal tishning qimirlash darajasi ko‘proq bo‘ladi. Milk kasal tishdan ajralib turadi. Alveolyar - engak nervlari innervatsiyasi sohasida ekssudat ta’siri ostida ezilish sodir bo‘lganligi uchun sezish hususiyati susayadi. Pastki jag‘ tanasi qalinlashadi.
O‘tkir odontogen osteomiyelit kasalligi qon va peshobdagi o‘zga- rishlar bilan kechadi.
Odontogen osteomiyelitning o‘tkir davrida jag‘larning rentgen tas- virida hech qanday suyak o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
O‘tkir osti bosqichi. O‘tkir osti bosqichi, kasallik boshlanganidan 11-15 kundan so‘ng boshlanib 4-8 hafta davom etadi.
Yiringli o‘choqlarning ochilishi natijasida suyak va shilliq qavat- dagi yallig‘lanish kamayadi, og‘riqlar susayadi, tana harorati pasayib subfibril bo‘ladi. Shuning uchun bemorning umumiy ahvoli yaxshilana boshlaydi ishtahasi paydo bo‘ladi, uyqusi barqarorlashadi. Qon va pe- shob tahlillari normallashadi. Regional limfa tugunlaridagi og‘riqlar kamayadi va ularning siljuvchanlik darajasi ortadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish sohalariga mos bo‘lgan shilliq pardalar ko‘kimtir tusda bo‘lib, shishgan va shu sohalarda oqimlar hosil bo‘la boshlaydi. Ulardan kam miqdorda quyuq yiring ajralib turadi. Bu bosqichda sekvesterlar shakllana boshlaydi.
O‘tkir osteomiyelitdan farqli rentgenogrammada yallig‘lanish soha- si chekkalarida aniq chegaraga ega bo‘lmagan suyak destruksiyasi ku- zatiladi.
Kasallik anamnezi, yiringli oqma yo‘lning hosil bo‘lishi va rent- genogramma natijalari tashxisni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling