N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet64/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Surunkali bosqich. Kasallikning bu bosqichi 4-6 haftalaridan boshlanib bir necha oygacha davom etadi. Bemorning umumiy ahvoli yanada yaxshilanadi. Tana harorati me’yor darajasida bo‘ladi.
Bemor tashqi ko‘rinishidagi assimetriya saqlanib qoladi. Jag‘ suyagi suyak usti pardasi tomonidan qalin ikkilamchi suyak hosil bo‘- lishi hisobiga qalinlashadi. Yuz terisi shu sohada yupqalashadi. Re­gional limfa tugunlarining shishi kamayadi, harakatchangligi ortadi.
Jag‘ sohasida oqmalar shakllanadi va ular bir nechta bo‘lishi mumkin. Nekrozga uchragan suyak to‘qimalari suyakdan ajralib sek- vestrlar hosil qiladi (31-rasm). Ajralmalar oqmalar orqali chiqadi.






31-rasm. Pastki jag‘ tanasi va o‘siqlardagi sekvestrlar.

32-rasm. Surunkali osteomiyelitda oqmani hosil bo‘lishi.


Qolgan oqmalardan olcha rangli, tez qonovchi granulatsiya to‘qimasi bo‘rtib chiqib turadi (32-rasm). Bu bosqichda oqma yo‘llari berkilib qolsa xurujlar bo‘lishi mumkin. Bunda kasallik o‘tkir davrdagi ko‘ri- nishga o‘hshash, klinikani namoyon qiladi. Oqmalar bitib kindiksimon chandiq qoldiradi.
Surunkali bosqichda rentgenogrammada jag‘da har hil hajmdagi sekvestrlarga ega bo‘lgan sekvestr bo‘shliqlari aniqlanadi.
Davolash. Kasallikning o‘tkir bosqichida ekssudatga yo‘l ochish va yallig‘lanishni yon to‘qimalar sohasiga tarqalishining oldini olish maqsadida birlamchi jarrohlik davosi usuli bilan yiringli o‘choqlar ochiladi, kasal tishlar olib tashlanadi. Bemorga antibiotiklar, kalsiy preparatlari, dezintoksikatsiya, desensibilizatsiya qiluvchi stimull ovchi va simptomatik davo qilinadi. Fizioterapiya muolajalaridan quyi jadal lazerli nut tavsiya etiladi. Klinik va rentgenologik tekshirishlarga asos- langan holda bemorda sekvestektomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.
YUZ-JAG‘ SOHASI ABSSESSI
VA FLEGMONALARI


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling