N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet70/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Le-For bo‘yicha 1-tip. Bu tipda sinish chizig‘i noksimon teshik asosi bo‘ylab yuqori jag‘ do‘ngchalari tomon yo‘nalishda asosiy suyak- ning qanotsimon o‘simtalari uchiga gorizontal yo‘naladi. U alveolyar o‘siq asosidan oz-moz yuqoriroqdan, qattiq tanglay gumbazi ustidan o‘tadi, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini kesib o‘tib, bo‘shliqning tubi sinib tushadi. Burun to‘sig‘i sinishi ham qayd qilinadi. Agar to‘liq sinish yuz bergan bo‘lsa, sinish butunligicha pastga siljiydi, noto‘liq sinishda uning qimirlab qolishi qayd qilinadi.
Le-For bo‘yicha 2-tip. Sinishning bu turida yuqori jag‘ yonoq suyagi va bosh suyagi asosidan boshlab burun suyaklari bilan birga uzilib tushadi. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devorini kesib o‘ta- di, orbita tubi bo‘ylab pastki orbital qirg‘oq orqali yonoq suyagi bilan birikish sohasida o‘tadi. Sinishning orqa ichki chizig‘i burun to‘sig‘i va qanotsimon o‘simtalar asosi orqali o‘tadi. Bu tip sinishda g‘alvirsimon suyak va bosh suyagi asosining sinishi qo‘shilib kelishi mumkin.
Le-For bo‘yicha 3-tip. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devo- ridan uning tashqi devoriga o‘tadi, ko‘z kosasining tashqi orbital chetini va yonoq ravog‘ini kesib o‘tadi. Yuqori jag‘ning burun o‘sig‘i va yonoq suyagi bilan uzilib tushishi ro‘y beradi. Ko‘pincha bosh suyagining asosidagi suyaklarining sinishi ham kuzatiladi. Yuqori jag‘ sinishida siniqning siljishi, siniq chizig‘i bo‘ylab og‘riq, ko‘z kosasi sohasiga qon quyilganligi (ko‘zoynak simptomi) kuzatiladi (39-rasm).
Le-For hamma sinish variantlarini aks ettirmaydi. Yuqori jag‘ sinishida bemor bosh og‘rig‘i, jag‘larini jipslashtira olmasligi, qirsillash sezgisi paydo bo‘layotganidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda yuzning o‘rta qismidagi shishi ayrim hollarda ko‘z kosasining ichki

a b d
39-rasm. Le-For bo‘yicha yuqori jag‘ sinishlari: a - 1-tip; b - 2-tip; d - 3-tip.

burchagining qontalashgan holatda bo‘lishi kuzatiladi. Burun suyagi sinishi bilan kechganida burun deformatsiyaga uchraydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rikdan o‘tkazilganda prikusning o‘zgargan- ligi, suyak bo‘laklarining orqaga siljishi oqibatida ochiq prikus hosil bo‘lishi mumkin.
YUZ-JAG‘ SOHASI JAROHATLARI VA SINISHLARIDA
BIRINCHI TIBBIY YORDAM

Yuz-jag‘ sohasi jarohatlarida, avvalombor qon ketishini, asfeksiya va shokni bartaraf etish zarur. Yuz-jag‘ sohasi jarohatida bemorning ahvoli singan suyak bo‘laklarining siljishidan og‘irlashishi mumkin. Birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak: qon oqishini to‘xtatish, asfiksiyani oldini olish, shokka qarshi kurash va jag‘larni immobilizatsiya qilinishi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling