N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dislakatsion asfeksiya
- Aspiratsion asfeksiya
Tayanch iboralar:
Jag‘ sinish - jag‘ suyak butunligining kuch ta’siri ostida qisman yoki to‘liq buzilishi; To‘liq sinish - suyak bo‘laklari to‘liq ajralishi bilan kuzatiladigan sinish turi; To‘liq bo‘lmagan sinish - darz ketishi yoki suyak yuzasining si- nishi; Le-For - yuqori jag‘ sinishlarini ta’riflagan jarroh; Dislakatsion asfeksiya - tilning orqaga ketib qolishi oqibatida ho- sil bo‘lgan asfeksiya; Obturatsion asfeksiya - halqumning yot jinslar bilan berkilib qoli- shi oqibatida yuzaga keladigan asfeksiya; Stenotik asfeksiya - nafas yo‘llari gematomasi, shishishi natijasida hosil bo‘ladigan asfeksiya; Klapan asfeksiya - nafas yollarini yumshoq tanglay to‘qimalari bilan yopilishi oqibatida hosil bo‘ladigan asfeksiya; Aspiratsion asfeksiya - hushsiz bemorning nafas yo‘llari qon, so‘- lak, qusuq massalari bilan berkilib qolishi oqibatida yuzaga keladigan asfeksiya; Repozitsiya - singan suyak bo‘laklarini joylash; Immobilizatsiya - suyak bo‘laklarini mahkamlash. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: Jag‘ sinishi deb nimaga aytiladi? Pastki jag‘ sinishining nechta turi bor? Nima uchun singan suyak bo‘laklari siljiydi? Yuqori jag‘ sinishining nechta turi farqlanadi? Yuqori jag‘ sinishlarini kim ta’riflagan? Sinishlarda birmchi yordam qanday tartibda amalga oshiriladi? Asfeksiya deganda nimani tushunasiz? Asfeksiyaning qanday turlarini bilasiz? Nima uchun jag‘lar sinishida immobilizatsiya qilish shart? Repozitsiya deganda nimani tushunasiz? BOB YUZ-JAG‘ SOHASI O‘SMA KASALLIKLARI Turli sabablar oqibatida to‘qimalarning patologik ko‘payishi natija- sida o‘smalar hosil bo‘ladi. O‘smalarda hujayralarning beto‘htov ko‘pa- yishi kuzatiladi. O‘sma o‘zini tashkil qilgan asl to‘qimaga o‘hshash bo‘lsa ham sog‘lom a’zo yoki to‘qimaning tuzilishidan keskin farq qiladi. Yuz-jag‘ sohasi o‘smalari epiteliy, mezinxema, melanin hosil qiluv- chi va nerv to‘qimalaridan rivojlanadi. O‘smalarning xavfsiz va xavf- li turlari bor. Xavfsiz o‘smalar sekin rivojlanib, chegarasi aniq bo‘lgan tarzda o‘sadi, odatda metastoz (o‘sma hujayralarining limfa, qon tomir- lar orqali tarqalishi) qaytalanmaydi. Bemorda umumiy holsizlikk a sabab bo‘lmaydi, ya’ni kaxeksiyani olib kelmaydi. Xavfsiz o‘smalar faqat to‘qima atrofida kuzatiladi va to‘qimalarning yemirilishi natija- sida parchalanmaydi. Xafli o‘smalar yoshi yetilmagan to‘qimadan rivojlanadi, tez o‘sadi, qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kiradi, metastazlanadi. Xafli o‘smalarda organizmni holdan toyishi-kaxeksiya kuzatiladi. Xafli o‘smalar to‘qi- malarning yemirilishi natijasida parchalanadi. YUZ-JAG‘ SOHASI XAVFSIZ O‘SMALARI Yuz-jag‘ sohasining xavfsiz o‘smalari 4 guruhga bo‘linadi: kistalar, odontogen o‘smalar, yumshoq to‘qimalarning xavfsiz o‘smalari va jag‘- larning suyak o‘smalari. ODONTOGEN KISTALAR Odontogen kistalar ikki hil bo‘ladi: ildiz oldi (radikulyar) va toj qismi (follikulyar). Ildiz oldi kistalari ko‘proq uchraydi. Kistalar epiteliy qavati bilan o‘rangan bo‘shliq bo‘lib, ushbu bo‘shliqni sariq yoki jigarrangga ega bo‘lgan suyuqlik bilan (transudat) to‘lib turadi. Suyuqlikda xolesterin kristallari bor. Ildiz oldi kistasi sekin bir necha yil davomida rivojlanadi va 2-5 sm kattaligida bo‘ladi. Alveola o‘sig‘i va jag‘ tanasi kattalashadi. Suyak to‘qimasining yupqalanib qolishi natijasida kripitatsiya paydo bo‘ladi. Keyinchalik suyak to‘qimasi nuqsoni kuzatiladi. Kista ta’sirida tishlar o‘z o‘qlarini o‘zgartiradilar. Kistani aniqlashda rentgenog rafiya va elektrodontometriyadan foy- dalaniladi. Rentgenogramma yordamida kistaning hajmi, joylashishi, burun bo‘shlig‘i, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i bilan, tishlar bilan munosabati aniqlanadi. Follikulyar kista chiqmagan tishning emalidan rivojlanadi. Ko‘pincha pastki va yuqori jag‘dagi 2-premolyar 3-molyar, qoziq tish- larga bog‘liq bo‘ladi. Kista jag‘ning alveolyar qirrasida joylashadi. Uning devori yupqa va ko‘p qavatli yassi hujayra bilan qoplanadi. Kista bo‘shlig‘ida bir yoki bir necha, yetilgan yoki chala tishlar bo‘ladi. SO‘LAK BEZI KISTALARI Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling