N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pastki jag‘ raki.
- KAPOSHI sarkomasi.
- Xafli o‘smalarni davolash.
Yuqori jag‘ raki. Kalla skeleti suyaklari orasida yuqori jag‘ning xastalanishi ko‘proq 40-60 yoshlar orasidagi erkaklarda uchraydi. Kasallik kelib chiqishi tanglay, yuqorijag‘ bo‘shlig‘ining, alveola qir- rasi ning shilliq pardasidan boshlanadi. Kasallik, avval sezilarsiz boshlanadi. O‘sma yuqori jag‘ bo‘shlig‘ida joylashsa bemorning bu- rundan nafas olishi buziladi, burnidan yiring, qon aralash noxush hidli ajralma chiqadi. Bemorning tishlar sohasida uvishish sezgisi paydo bo‘ladi. Keyinchalik alveola o‘sig‘i kengayadi, tanglay gumbazi pasa- yadi, tishlari qimirlab qoladi. Rinoskopiya o‘tkazilganda yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining old devorining shishganligi, shilliq pardaning yallig‘l a- nib, ko‘kimtir tus olganligi aniqlanadi. Tashxisni tomografiya va sito- logik tekshirish natijalari asosida aniqlanadi.
Pastki jag‘ raki. Yuqori jag‘ rakiga nisbatan pastki jag‘ raki kam- roq uchraydi. Ko‘proq 40-60 yoshlardagi erkaklar kasallanadi. Pastki jag‘ raki varrikoz yoki eroziv leykoplakiya fonida rivojlanadi. Kasal- likning erta aniqlanishi tasodifiy bo‘lishi mumkin, sababi kasallik sezilarsiz rivojlanadi. Kasallikning klinik belgilari uning o‘sishiga bog‘liq. O‘sma o‘sishi jarayonida pastki jag‘ kattalashadi va defor- matsiyalanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida chuqur tubli yaralar paydo bo‘ladi. Rentgenogrammada noaniq chegaralarga ega bo‘lgan destruksiya o‘chog‘i aniqlanadi, xuddi «eriyotgan qand» ga o‘xshaydi. KAPOSHI sarkomasi. OITV kasalligi namoyon bo‘lishining xarakterli belgisi hisoblanadi. O‘sma limfa tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘pincha oyoq terisida kuzatiladi. KAPOSHI sarkomasi og‘iz bo‘sh- lig‘ida tanglay ba’zan milkda joylashadi. Kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishida tanglay yoki milkda ko‘kimtir, qora tusli dog‘lar paydo bo‘ladi (29-rasm). Ushbu jarayon kuchli og‘riqlar bilan kechadi. Dog‘- lar tobora kattalashadi, rangi to‘qaradi, bo‘laklarga bo‘linadi va tarmoqlanadi. Xafli o‘smalarni davolash. Xafli o‘smalarni davolash o‘smalarni davolashda quyidagi usullar- dan foydalaniladi: Jarrohlik; Nur bilan davolash; Kimyoterapiya; Germonoterapiya. Yuqorida qayd qilingan davolash usullari ko‘pincha birga qoshib olib boriladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling