N. A. Tashpulatova


Kichik so‘lak bezlarining retensiyalangan kistalari


Download 0.89 Mb.
bet74/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Kichik so‘lak bezlarining retensiyalangan kistalari
Lab yoki lunjlarni tishlash natijasida, so‘lak ajralish qiyinlashishi oqibatida kelib chiqadi. Kista sharsimon shaklda bo‘lib qattiq elastik bo‘ladi. Kista kapsulasi butunligi buzilganda ichidan sarg‘imtir suyuq­lik ajraladi. Davolash jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirilib kista kapsu­lasi bilan birgalikda olib tashlanadi va chok qo‘yiladi.
Til osti so‘lak bezining retensiyalangan kistasi (ranula)
Til yuganchasi yonida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ostida joyla­shadi. Kista yumaloq, ko‘kimtir pushti rangda bo‘lib palpatsiyada elas- tik konsistensiyaga egaligi aniqlanadi. Kista kattalashib tilni tanglayga ko‘tarib qo‘yishi mumkin. Ayrim hollarda kista jag‘ til osti mushagi ostida joylashishi mumkin. Kista o‘lchamlarini aniqlash uchun kontrast sistorontgenografiya tekshiruvi o‘tkaziladi. Til osti so‘lak bezi kistasini lipoma, kavernoz gemangioma va limfangioma bilan solishtirma tash- xis o‘tkaziladi.
ODONTOGEN O‘SMALAR VA O‘SMASIMON
O‘ZGARISHLAR

Ameloblastoma (adamantinoma). Ameloblastoma odontogen epi- teliydan rivojlanadigan xavfsiz o‘sma bo‘lib, ammo atrofidagi to‘qima- larni yemirish xususiyatiga ega. Ko‘pincha pastki jag‘ning molyar tishl ar sohasida joylashadi. O‘sma juda sekin va uzoq vaqt belgi ber- masdan o‘sadi. Keyinchalik yuz va suyaklarning shakli buziladi. Tash- xisni aniqlashda rentgenografiya muhim o‘rin tutadi. Rentgenogra- fiyada suyakda bir yoki ko‘p bo‘shliqlar paydo bo‘lib, bo‘shliqlar yupqa suyak plastinkasi bilan ajralgan. Ameloblastomani odontogen kista, osteoblastoklastoma, xavfli o‘smalar bilan taqqoslash zarur.
Odontoma tishlar rivojlanishining buzilishi natijasida kelib chiqib, tish to‘qimalarining hammasi mavjud va yetarli, yaxshi shakllangan, ammo ularning nisbati, umumiy tuzilishi noto‘g‘ri. O‘sma odatda pre- molyar va molyar qismida paydo bo‘ladi. Rentgenologik tekshirishda chegarasi aniq bo‘lgan, suyakning yumshoq o‘chog‘i ko‘rinadi va unda zichlashgan ohakli moddaga o‘xshash tugunlar hosil bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling