N. A. Tashpulatova


Surunkali mexanik jarohat


Download 0.89 Mb.
bet52/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Surunkali mexanik jarohat. Surunkali mexanik jarohat deyarli ko‘p uchraydi. Tishlarning o‘tkir uchlari, tish protezlar, tish karashl ar va yomon odatlar (labni, lunjni tishlash) jarohatlovchi faktorlar bo‘lishi mumkin. Talabga javob bermaydigan olinadigan plastinkali protezni uzoq muddat taqib yurish oqibatida ham shikastl anish kelib chiqishi mumkin. Kasallikni klinik ko‘rinishi va kechishi shikastlanishning joylashish joyiga, bemorning yoshiga,jarohatlovchi ta’sirning kuchiga va jarohatning ikkilamchi yallig‘l anishiga bog‘liq. Surunkali jarohatlar bemorni uzoq vaqt bezovta qilmasligi mumkin. Ayrim hollarda shish, qizarish va kuchsiz og‘riq bezovta qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida yara borligi, qizarganligi, milk va til so‘rg‘ichlarning kattalashganligi kuzatiladi. Aniqlangan yara jarohat­lovchi omil ta’sir etgan sohada joylashadi. Yara palpatsiyasi og‘riqli bo‘ladi. Regional limfa tugunlarining shishi bilan kechishi mumkin. Bunda limfa tugunlari shishgan, harakatli va og‘riqli bo‘ladi.
Davolash uchun birinchi bo‘lib jarohatlovchi omilni bartaraf etish zarur. So‘ng yaraga antiseptik ishlov berish va keratoplastik mod- dalardan aplikatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Kimyoviy shikastlanish. Kimyoviy shikastlanish ham o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir kimyoviy jarohatlanish og‘iz bo‘sh- lig‘i shilliq pardasiga yuqori konsentratsiyali moddalarni tegishi oqiba- tida kelib chiqadi (formalin, kumush nitrat, polimerizatsiya bo‘lmagan plastmassaning monomer va boshqalar).
Klinik ko‘rinishi. Klinik ko‘rinish shikastlantiruvchi moddaning tarkibi, miqdori va ta’sirning davomiyligiga bog‘liq. Kimyoviy mod- da tushgan zahoti bemor keskin og‘riqni sezadi. Kislotalar ta’sirida kuyish sodir bo‘ladi va parodontda kogulyatsiyalangan nekrozga uch- ragan po‘st paydo bo‘ladi. Bu po‘st atrofidagi to‘qimalar qizarib shi- shadi. Ishqorlar ta’sirida kuyganda kogulyatsiyalangan nekrozga uch- ragan po‘st paydo bo‘lmaydi. Shikastlanish chuqur bo‘lib, yumshoq to‘qimalarning barcha qatlamlarini shikastlashi mumkin. Bemor juda kuchli, azobli og‘riqdan shikoyat qiladi. Bir necha kundan so‘ng nek­rozga uchragan to‘qimalar tushib ketishi oqibatida eroziyali va yarali yuza hosil bo‘ladi. Bu yaralar juda sekin bitadi.
Davolash. Kimyoviy modda shilliq pardaga tushgan zahoti shu modda ta’sirini neytrallaydigan modda bilan tezda yuvish kerak. Kis- lotalar ta’sirini neytrallash uchun sovunli suv, 1% ishqoriy suv, nov- shadil spirtining 0,1 % eritmasidan foydalaniladi. Ishqorlar ta’sirini neytrallash uchun 0,5 % sirka kislotasi, 0,5% limon kislotalaridan foy- dalaniladi. Neytrallaydigan moddalar yordamida kimyoviy moddalarni to‘qimalar ichiga yanada kirib borib salbiy ta’sir qilishini to‘xtatish mumkin. So‘ng og‘riq qoldirish uchun 1% trimikain va 1-2% lidokain eritmalarini aplikatsiya qilinadi. To‘qimalar tiklanishini tezlashtirish uchun vitamin «A» malhami, shaftoli moyi va shipovnik moylaridan foydalaniladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling